Oliy taʼlim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimi (HEMIS)

Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv va statistika" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.

header right image
HEMIS

Oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimi

HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

  • Maʼmuriy boshqaruv

    OTM strukturasi, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va oʻqituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish

  • Oʻquv jarayoni

    Oʻquv dasturlari va rejalari, oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning oʻzlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish

  • Ilmiy faoliyat

    Ilmiy loyihalar, ilmiy va uslubiy nashrlar, intellektual mulk, oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga oid axborotlarni boshqarish

  • Moliyaviy faoliyat

    Taʼlim shartnomalari, shartnoma qiymatlari va toʻlov monitoringi, stipendiya miqdorlari va stipendiya toʻlovlariga oid axborotlarni boshqarish

Raqamli universitet loyihasi

Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:

  • oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
  • oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
  • oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
  • oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
  • taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
  • tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.
  • 129

    OTMlar

    765

    Fakultetlar

    26,368

    O‘qituvchilar

    547812

    Talabalar

    Ishlash jarayoni

    Tizimdan qanday foydalaniladi?

    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari mas'ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar:

    Tizimga kirish

    Har bir OTMga tizimidan foydalanish uchun yagona Administrator akauntining login va parollari beriladi. Ushbu administrator tizimidagi qolgan barcha ishlarni tashkil etadi.

    Administrator akkaunti olingandan so'ng tizimdan foydalanish uchun quyidagi ishlarni belgilangan tartibida bajarish zarur:

  • Administrator Kadrlar bo‘limi profili uchun mas'ul xodim ma'lumotlarini kiritadi:
  • Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodimni qo‘shish
  • Mas'ul xodimning akkauntini (foydalanuvchi qayd ma'lumotlarini) yaratadi:
  • Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh. / Akkaunt yaratish
  • Yaratilgan akkauntdagi login va parol keyingi qadamdagi ishlarni bazarish uchun tegishli Kadrlar bo‘limi mas'ul xodimga beradi.
  • how it works image

    Ma'lumot kiritish

    Kadrlar boʻlimi profilida yaratilgan masʼul xodim tomonidan tizimdan foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgandek quyidagi ishlar bajariladi:

  • OTM strukturasiga tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
    OTM haqida / Fakultetlar / Kafedralar / Boʻlimlar
  • Xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilib, xodimlar roʻyxati shakllantiriladi (dastlab zarur boʻlgan masʼul xodimlar kiritiladi, masalan: dekanlar):
    Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim qoʻshish
  • Roʻyxatdagi xodimlar tegishli kafedralar va boʻlimlarga biriktiriladi:
    Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Kafedra
    Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Boʻlinma
  • Xodimlar bazasiga kiritilgan har bir xodimning tizimdan foydalanishi uchun akkaunti yaratilib beriladi. Akkauntni yaratishda foydalanuvchining login va parollari kiritiladi va tegishli foydalanuvchi roli oʻrnatiladi:
    Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Akkaunt yaratish
  • Yaratilgan akkauntlarning login va parollari tegishli xodimlarga tarqatiladi.
  • how it works image

    Nazorat qilish

    Har bir xodim (dekan, oʻquv boʻlimi) va oʻqituvchi oʻzlarining login va parollari bilan tizimga kirib oʻzlariga biriktirilgan vazifalarni yoʻriqnomada keltirilgan tartibda bajaradilar va nazorat qilib boradilar.

    Eʼtiborga olish zarur!!!

    Tizimda dastlab quyidagi xodimlarning akkauntlarini yaratish zarur:
  • Kadrlar boʻlimi (administrator yaratadi)
  • Fakultet dekanlari (Kadrlar boʻlimi yoki administrator yaratadi)
  • Oʻquv boʻlimi (Kadrlar boʻlimi yoki administrator yaratadi)
  • Tizimda keyinchalik extiyojga karab quyidagi xodimlarning akkauntlari yaratiladi:
  • Oʻqituvchi
  • Kafedra mudiri
  • how it works image
    Fikrlar

    Tizim foydalanuvchilari izohlari

    Oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan tizim bo‘yicha fikr mulohazalar.

    Bosqichlar

    Reja bo‘yicha bosqichlar

    Respublika doirasida ma'lumotlarni shakllantirish rejasi.

    2020 yil

    129 ta /OTM
    • Qisqartirilgan varianti
    • Ma'muriy boshqaruv
    • Talabalar ma'lumoti
    • Professor-o‘qituvchilar ma'lumoti

    2020 yil

    1 ta /Vazirlik
    • Vazirlik qismi
    • Statistik ma'lumotlar
    • Klassifikatorlar
    • Hisobotlar

    2021 yil

    46 ta /OTM
    • Ma'muriy boshqaruv
    • O‘quv jarayoni
    • Ilmiy faoliyat
    • Moliyaviy boshqaruv
    HEMIS jamoasi

    Bizning jamoa

    HEMIS - oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini yaratish va respublika oliy ta'lim muassasalariga keng joriy etishda ishtirok etishgan jamoa a'zolari ro’yxati

    Yangiliklar

    aaaaaaaaddddddddd

    sssssssscccccccc...
    >

    Test uchun yozilgan TITLE

    Test uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun...

    Test uchun yozilgan TITLE2222

    Test uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun yozilgan TITLETest uchun...
    Aloqa

    Biz bilan bog‘laning

    Tizim buyicha savollar va takliflaringiz mavjud bo'lsa bizga murojaat qiling