Buyruq ma’lumotlarini boshqarish.
Buyruq yaratish
Buyruqlarni yaratish tizimning Talaba harakati / Buyruqlar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm)
3.4.5-rasm. Buyruq yaratish oynasi.
Buyruq yaratish uchun oynadan +Yaratish tugmasini tanlang. Natijada buyruq ma’lumotlarini shakllantirish oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). Buyruq ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring, bunda:
- Fakultet maydonida fakultet ma’lumoti avtomatik shakllanadi;
- Buyruq turi maydonidan buyruq turini tanlang, masalan o‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
- Nomi maydoniga buyruq nomini kiriting;
- Buyruq maqsadi maydoniga buyruq maqsadini kiriting;
- Buyruq tarkib maydoniga buyruq tarkibini kiriting;
- Buyruq sanasi maydonidan buyruq sanasini tanlang;
- Buyruq raqami maydoniga buyruq raqamini kiriting;
- Holati buyruq holatini tanlang;
- Buyruq fayli buyruq faylini biriktiring.
Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi va natijada buyruq ma’lumotlari shakllanadi (2-rasm).
2-rasm. Buyruq ma’lumotlarini shakllantirish
Yaratilgan buyruqlar ro‘yxatini ko‘rish uchun Talaba harakati / Buyruqlar menyusini tanlang. Natijada buyruqlar ro‘yxati ochiladi (3-rasm).
3-rasm.Buyruqlar ro‘yxati
Buyruqlar ro‘yxatidan Biriktirish tugmasini tanlash orqali o‘qishga qabul qilingan talabalarni qabul buyrug‘iga biriktirish mumkin (3-rasm).
4-rasm. Talabani buyruqqa biriktirish.
Talabalar bilan ishlash jarayonida buyruqlarga murojaat qilinganda yaratilgan buyruqlarda talabalar soni avtomatik tarzda shakllanadi. Talabalar buyruqqa birikkanligini buyruqlar ro‘yxati oynadasidagi buyruq qatorining Talabalar ustinida talabalar sonini ko‘rsatib beradi (2-rasm). Talabalar ro‘yxatini ko‘rish uchun talabalar sonini tanlang. Natijada tanlangan buyruqqa tegishli talabalar ro‘yxati paydo bo‘ladi (5-rasm).
5-rasm. Buyruqqa tegishli talabalar ro‘yxati
Buyruqni shakllantirish jarayonida buyruqqa tegishli fayl yuklangan edi. Ushbu faylni ko‘chirish uchun 3-rasmda keltirilgan buyruqlar ro‘yxati oynasidan Yuklab Olish tugmasi bosiladi.
Buyruq ma’lumotlarini tahrirlash
Buyruq ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Talaba harakati / Buyruqlar menyusiga kiriladi. Natijada buyruqlar ro‘yxati ochiladi (3-rasm). Ro‘yxatdan biror bir buyruq tanlansa buyruq ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (2-rasm). Ushbu oynadan biror bir o‘zgarishni amalga oshiring va Saqlash tugmasini bosing.
Buyruq ma’lumotlarini o‘chirish
Buyruq ma’lumotlarini o‘chirish uchun buyruqlar ro‘yxatidan buyruq tanlanadi va tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlanadi (2-rasm).