Diplomlar ro‘yxati bilan ishlash
Diplomlar ro‘yxati bilan ishlash tizimning Akademik / Diplomlar ro‘yxati menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Diplomlar ro‘yxati
Diplomlar ro‘yxati bilan kadrlar bo‘limi ishlaydi. Dekanat diplomlarni shakllantirgandan so‘ng, kadrlar bo‘limi profilida shakllangan diplomlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Diplomlar ro‘yxatidan diplom va diplom ilovasi yana bir bor tekshirib chiqiladi. Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa nashrga ruxsat berish uchun Nashr tugmasini faol qilish kerak. Shundan so‘ng diplom va diplom ilovasini nashr qilish kerak.
Muhim! Nashr tugmasini faol qilingandan so‘ng talabaning diplom ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritib bo‘lmaydi.