Doktorantlar ma’lumotlarini boshqarish
Doktorant qo‘shish
Doktorantni qo‘shish tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Doktorantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish oynasi
+Tadqiqotchi qo’shish tugmasini tanlash orqali tadqiqotchilarni qo‘shish oynasiga o‘ting (2-rasm) va tadqiqotchining quyidagi ma’lumotlarini shakllantiring:
Ta’lim ma’lumotlarini shakllantirishda:
- Tadqiqotchi toifasi maydonidan tadqiqotchi toifasini tanlang;
- Fan tarmog‘i maydonidan fan tarmog‘ini tanlang;
- Ixtisoslik maydonidan ixtisoslikni tanlang;
- To‘lov shakli maydonidan to‘lov shaklini tanlang;
- Tadqiqotchi statusi maydonidan tadqiqotchi statusini tanlang;
- Kurs maydonidan tadqiqotchi kursini tanlang;
- Kafedra / Bo‘lim maydonidan tadqiqotchining kafedrasi yoki bo‘limini tanlang;
- Qabul sanasi maydonidan tadqiqotchining qabul qilingan sanasini tanlang;
- Dissertasiya Mavzusi maydoniga tadqiqotchining dissertatsiya mavzusini kiriting;
Pasport ma’lumotlarini shakllantirishda:
- Fuqarolik maydonidan tadqiqotchining fuqaroligini (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, xorijiy davlat fuqarosi, fuqaroligi yo‘q shaxs – ushbu ma’lumotlardan mosi tanlanadi) tanlang;
- Pasport raqami maydoniga tadqiqotchining pasport seriyasi va raqamini kiriting;
- JSHPR-kod maydoniga tadqiqotchiga tegishli bo‘lgan 14 xonali sondan iborat jismoniy shaxs personal raqamini kiriting (jismoniy shaxs personal raqami xodimning pasportidan olib kiritiladi);
- qidirish tugmasini tanlang. Natijada tadqiqotchining ayrim ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllanadi;
- Familiya maydonida tadqiqotchining familiyasi avtomatik shakllanadi;
- Ismi maydonida tadqiqotchining ismi avtomatik shakllanadi;
- Otasining Ismi maydonida tadqiqotchining sharifi avtomatik shakllanadi;
- Tug‘ilgan sana maydonida tadqiqotchining tug‘ilgan sanasi avtomatik shakllanadi;
- Jins maydonidan tadqiqotchining jinsi tanlang;
- Millat maydonidan tadqiqotchining millatini tanlang;
Manzil ma’lumotlarini shakllantirishda:
- Davlat maydonidan davlatni tanlang;
- Viloyat maydonidan viloyatni tanlang;
- Tuman maydonidan tumanni tanlang;
- Uy manzili maydoniga uy manzilini kiriting;
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm.)
2-rasm. Tadqiqotchi ma’lumotlarini shakllantirish
Tadqiqotchilar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Tadqiqotchilar ro‘yxati
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida barcha tadqiqotchilar shakllantirib olinadi.
Doktorant ma’lumotlarini tahrirlash
Doktorant ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusini tanlash orqali doktorantlar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Doktorantlar ro‘yxatidan doktorantni tanlash orqali doktorant sahifasiga o‘ting (4-rasm).
4-rasm. Doktorant sahifasi
Doktorant ma’lumotlarini tahrirlash uchun +O’zgartirish tugmasini tanlang. Natijada doktorant ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (5-rasm).
5-rasm. O‘zgartirish kiritish oynasi
Doktorant ma’lumotlarini tahrirlash oynasida biror bir tahrirlash ishini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotni saqlang.
Doktorant ma’lumotlarini o‘chirish
Doktorant ma’lumotlarini o‘chirish uchun doktorant ma’lumotlarini tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlang (5-rasm).
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini yaratish
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini yaratish uchun tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusini tanlash orqali doktorantlar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Doktorantlar ro‘yxatidan doktorantni tanlash orqali doktorant sahifasiga o‘ting (4-rasm). +Dissertasiya himoyasi tugmasini tanlash orqali doktorantning himoya ma’lumotlarini kiritish oynasiga o‘ting (6-rasm).
Doktorantning himoya ma’lumotlarini qo‘yidagicha shakllantirish:
- Himoya sanasi maydonidan himoya sanasi tanlang;
- Himoya joyi maydoniga himoya joyini kiriting;
- Ilmiy kengash raqami maydoniga ilmiy kengash raqamini kiriting;
- Diplom kim tomonidan berilgan maydoniga diplom bergan muassasasini kiriting;
- Diplom raqami maydoniga diplom raqamini kiriting;
- Tasdiqlangan sanasi maydonidan tasdiqlangan sanani tanlang;
- Qayd raqami maydoniga qayd raqamini kiriting;
- Fayl nomi maydoniga faylni kiring.
Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada doktorantning himoya ma’lumotlarini shakllanadi (6-rasm).
6-rasm. Doktorantning himoya ma’lumotlarini shakllantirish
Himoya qilgan doktorantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusini orqali amalga oshiriladi (7-rasm).
7-rasm. Doktorantlar ro‘yxati.
Doktorantlar ro‘yhatiga qaraydigan bo‘lsak himoya qilgan doktorantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning himoya ustunida ma’lumot (fayl belgisi) paydo bo‘lganligini ko‘rish mumkin
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini tahrirlash
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Doktorantura / Doktorantlar menyusini tanlash orqali doktorantlar ro‘yxatiga o‘ting (7-rasm). Doktorantlar ro‘yxatidan doktorant qatoriga tegishli himoya ustunida ma’lumotni (fayl belgisi) tanlang. Natijada doktorantning himoya ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (6-rasm). Tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotni saqlang.
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini tahrirlash
Doktorantning dissertatsiya himoyasi ma’lumotlarini o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlash kerak bo‘ladi (6-rasm).