Eng kam oylik ma’lumotlarini boshqarish
Eng kam oylik ma’lumotlarini kiritish
Eng kam oylik ma’lumotlarini shakllantirish tizimning Moliyaviy faoliyat / Eng kam oylik menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Eng kam oylik ma’lumotlarini shakllantirish
Eng kam oylik ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- Qaror raqami va sanasi maydoniga eng kam oylik bo‘yicha qaror raqami va sanasini kitiring;
- Summa maydoniga eng kam oylik summasini kiriting;
- Boshlanish sanasi maydonidan boshlanish sanasini tanlang;
- Joriy holat maydoniga joriy holat uchun belgi qo‘ying.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Eng kam oylik ma’lumotlarini shakllantirish oynasi
Eng kam oylik ma’lumotlarini tahrirlash
Eng kam oylik ma’lumotlarini taxrirlash uchun eng kam oyliklar ro‘yxatiga o‘ting (2-rasm). Ro‘yxatdan tegishli eng kam oylikni tanlang. Natijada eng kam oylik ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi. Tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang (2-rasm).
Eng kam oylik ma’lumotlarini o‘chirish
Eng kam oylik ma’lumotlarini o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlang (2-rasm).
Muhim! Agar tizimda eng kam oylik ma’lumotlariga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim eng kam oylik ma’lumotlarini o‘chirishga ruxsat bermaydi.