Fan guruhlari ma’lumotlarini boshqarish
Fan guruhini yaratish
Fanlarni yaratishdan oldin fan guruhlarini yaratish kerak. Chunki fanlarni yaratish jarayonida fanni guruhga biriktirish talab etiladi. Bu yaratilgan fan guruhi o‘quv rejada fanlar ko‘payib ketganda filtrlash amallarini bajarish imkonini beradi. Fan guruhlarini yaratish tizimning Fanlar bazasi / fanlar guruhlari menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Fan guruhini yaratish
Fan guruhi ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- Nomi maydoniga guruh nomini kiriting;
- Kod maydoniga fan guruhining kodini kiriting.
Fan guruhining ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada fan guruhi ro‘yxatida yaratilgan fan guruhi paydo bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm. Fan guruhilari ro‘yxati
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida barcha fan guruhlari yaratib chiqiladi.
Fan guruhini taxrirlash
Fan guruhini taxrirlash uchun fan guruhi ro‘yxatidan tegishli fan guruhi nomiga sichqoncha bilan bosiladi va natijada fan guruhining ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Fan guruhini taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali fan guruhi ma’lumotlarini saqlang.
Fan guruhini o‘chirish
Yaratilgan fan guruhi ma’lumotlarini o‘chirish uchun fan guruhlari ro‘yxatidan tegishli fan guruhi nomiga sichqoncha bilan bosiladi va taxrirlash oynasidan O’chirish tugmasi bosiladi (2-rasm).
Eslatma. Agar tizimda fan guruhiga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim fan guruhini o‘chirishga ruxsat bermaydi. Bunday hollarda fan guruhini o‘chirish uchun dastlab unga bog‘langan ma’lumotlarni o‘chirish zarur.