Fan mavzulari ma’lumotlarini boshqarish
Fan mavzularini yaratish
Fan mavzularini kafedra mudiri yoki fanga biriktirilgan o‘qituvchi tomonidan shakllantirilishi mumkin. Fan mavzularini shakllantirish uchun dars jadvali tizimga kiritilgan bo‘lishi shart.
Fan mavzularini shakllantirish Fanlar bazasi / Fan mavzusi menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Fanlar ro‘yxati
Fan mavzularini shakllantirish uchun fanlar ro‘yxatidan fanni tanlang. Natijada mavzularni shakllantirish oynasi paydo bo‘ladi. Fan mavzularini shakllantirish uchun mashg‘ulot turini tanlang va mavzu nomini kiriting (2-rasm).
Fan mavzulari kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada fan mavzulari ro‘yxatida yaratilgan fanning mavzulari paydo bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm. Mavzuni shakllantirish
Yaratilgan fan mavzularini tizimning fanlar ro‘yxati oynasida ham ko‘rish mumkin. Bunda fan turi bo‘yicha mavzular to‘liq kiritilgan bo‘lsa mavzu soni yashil rangda paydo bo‘ladi, masalan Ma’ruza [30/30], agar mavzular to‘liq kirtilmagan bo‘lsa mavzular soni qizil rangda bo‘ladi, masalan Seminar [30/2] (3-rasm).
3-rasm. Fanlar ro‘yxati
Kafedrada fanlar ko‘p bo‘lsa fanni ma’sul o‘qituvchiga biriktiriladi. O‘qituvchi o‘zining profili orqali fan mavzularini shakllantirishi mumkin.
Fanni o‘qituvchiga biriktirish fanlar ro‘yxati oynasidagi Xodim ustunidan Not Set yozuvini tanlang (3-rasm). Natijada fanga xodimni biriktirish oynasi paydo bo‘ladi. Xodimni biriktirish uchun xodimni tanlash maydonidan xodimni tanlang (4-rasm).
4-rasm. Xodimni biriktirish
Xodim tanlangandan so‘ng saqlash tugmasini tanlang. Natijada Xodim ustunida tanlangan o‘qituvchining F.I.Sh. paydo bo‘ladi (3-rasm).
Xodim biriktirilgandan so‘ng fan mavzularini shakllantirish imkoni tanlangan o‘qituvchi profilida paydo bo‘ladi.
Fan mavzusini taxrirlash
Fan mavzusini taxrirlash uchun fanlar ro‘yxatidan tegishli fan nomiga sichqoncha bilan bosiladi. Natijada fan mavzularini taxrirlash oynasi ochiladi. Ushbu oynadan fan mavzusi tanlansa fan mavzusi ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm).
Taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali fan mavzularini saqlang.
Fan mavzusini o‘chirish
Yaratilgan fan mavzusini o‘chirish uchun fanlar ro‘yxatidan tegishli fan nomiga sichqoncha bilan bosiladi. Natijada fan mavzularini taxrirlash oynasi ochiladi. Ushbu oynadan fan mavzusi tanlansa fan mavzusi ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi va taxrirlash oynasidan O’chirish tugmasi bosiladi (2-rasm).
Eslatma. Agar tizimda fan mavzusiga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim fan mavzusini o‘chirishga ruxsat bermaydi. Bunday hollarda fan mavzusini o‘chirish uchun dastlab unga bog‘langan ma’lumotlarni o‘chirish zarur.