Fan ma’lumotlarini boshqarish
Fan yaratish
OTMda o‘quv jarayoni o‘quv rejadagi fanlar asosida olib boriladi. Shu sababli tizimda ham o‘quv rejadagi barcha fanlar shakllantiriladi. Fanni yaratish tizimning Fanlar bazasi / Fanlar ro’yxati menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Fan yaratish
Fan ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- Ta’lim turi maydonidan ta’lim turini tanlang;
- Fanlar guruhi maydonidan guruhni tanlang;
- Nomi maydoniga fan nomini kiriting;
- Kod maydonidan fanni kodini kiriting, masalan MAT1001.
Fan ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada fanlar ro‘yxatida yaratilgan fan paydo bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm. Fanlar ro‘yxati
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida o‘quv rejadagi barcha fanlar yaratib chiqiladi.
Fanni taxrirlash
Fanni taxrirlash uchun fanlar ro‘yxatidan tegishli fan nomiga sichqoncha bilan bosiladi va natijada fanning ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm).
Fanni taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali fan ma’lumotlarini saqlang.
Fanni o‘chirish
Yaratilgan fan ma’lumotlarini o‘chirish uchun fanlar ro‘yxatidan tegishli fan nomiga sichqoncha bilan bosiladi va taxrirlash oynasidan O’chirish tugmasi bosiladi (2-rasm).
Eslatma. Agar tizimda fanga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim fanni o‘chirishga ruxsat bermaydi. Bunday hollarda fanni o‘chirish uchun dastlab unga bog‘langan ma’lumotlarni o‘chirish zarur.