Shaxsiy grafik ma’lumotlarini boshqarish
Talabalarning shaxsiy grafigini shakllantirish tizimning O‘zlashtirish / Shaxsiy grafik menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Shaxsiy grafiklar ro‘yxati
Qo‘shish tugmasini tanlash orqali talabaning shaxsiy grafigini qo‘shing (2-rasm).
2-rasm. Shaxsiy grafik qo‘shish.
Talabaning shaxsiy grafigini shakllantirish uchun Qo‘shish tugmasini tanlang (3-rasm).
3-rasm. Talabaning shaxsiy grafigi
Talabaning shaxsiy grafigini yaratish uchun qo‘yidagi ma’lumotlarni shaklantiring:
- Grafik raqami maydoniga grafik raqamini kiriting;
- Sana maydonidan sanani tanlang;
- Buyruq maydonidan shaxsiy grafik berish to‘g‘risidagi buyruqni tanlang;
- Semestr maydonidan semestrni tanlang.
Ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng tizim oynasining shaxsiy grafik fanlari qismida talabaning fanlari va baholari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Talaba o‘zlashtirmagan fanni tanlang (4-rasm).
4-rasm. Talabaning shaxsiy grafigi ma’lumoti
Talabaning o‘zlashtirilmagan fani tanlangandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlash orqali fanning ballarini kiritish oynasini oching (5-rasm).
5-rasm. Talaba fanining balini kiritish
Talaba fandan topshiriqlarni topshirib ballni olgandan so‘ng fanning ball ustuniga ballni kiriting va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotni saqlang (6-rasm).
6-rasm. Talabaning balini kiritish
Talabaning shaxsiy grafigini Yuklab olish tugmasini bosish orqali Pdf variantda ko‘chirib oling.
Agar talaba bir nechta fandan qolgan bo‘lsa, talabaga shaxsiy grafik yaratilgan va talaba bitta fanni o‘zlashtirdi va ball kiritildi. Navbatdagi fanlarni o‘zlashtirganda ballni kiritish uchun 1-rasmda keltirilgan oynadan qo‘shish tugmasini bosish orqali talabaning navbatdagi fandan o‘zlashtirgan balini kiritish mumkin. Bir semestr uchun bitta shaxsiy grafik yaratiladi va ballar kiritiladi.