Ilmiy faollik mezonlari ma’lumotlarini boshqarish
Ilmiy faollik mezonini yaratish
Ilmiy faollik mezonlarini shakllantirish ikki xil usulda amalga oshiriladi: birinchi usul ilmiy faollik mezonlarini yaratish, ikkinchi usul ilmiy faollik mezonlarini import qilish.
Ilmiy faollik mezonini yaratish tizimning Reyting / Ilmiy faollik menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Ilmiy faollik mezonlari ro‘yxati
Ilmiy faollik mezonlari ma’lumotini quyidagicha shakllantiring:
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilining tanlang;
- Ilmiy platforma maydonidan ilmiy platformani tanlang;
- Mezon turi maydonidan mezon turini tanlang;
- Qiymat maydoniga balni kiriting.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Mezonlarni shakllantirish
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida OTM o‘zining ilmiy faollik mezonlarini yaratib olishi mumkin.
Ilmiy faollik mezonini import qilish orqali shakllantirish
Ilmiy faollik mezonini import qilish uchun ilmiy faollik mezonlari ro‘yxatiga o‘ting (1-rasm) va +Import tugmasini tanlang. Natijada import oynasi ochiladi. Import oynasidan o‘quv yili (joriy o‘quv yili uchun) va nashr turini tanlang (3-rasm).
3-rasm. Ilmiy faollik mezoni import qilish.
O‘tkazish tugmasini tanlash orqali ilmiy faollik mezonini import qiling. Natijada ilmiy faollik mezoni mezonlari ro‘yxatiga ko‘shiladi (4-rasm).
4-rasm. Ilmiy faollik mezonlari ro‘yxati.
Import qilish orqali nashrlarning barcha turlari bo‘yicha ilmiy faollik mezonlarini shakllantirib oling.
Ilmiy faollik mezonini tahrirlash
Ilmiy faollik mezonini tahrirlash uchun tizimning Reyting / Ilmiy faollik menyusini tanlang (4-rasm). Ilmiy faollik mezonlari ro‘yxatidan mezonni tanlang. Natijada ilmiy faollik mezoni ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (5-rasm).
5-rasm. Ilmiy faollik mezonini tahrirlash
Ilmiy faollik mezonini tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali ilmiy faollik mezoni ma’lumotlarini saqlang.
Ilmiy faollik mezonini o‘chirish
Ilmiy faollik mezonini o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasi tanlang (5-rasm).
Muhim! Agar tizimda ilmiy faollik mezoniga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim ilmiy faollik mezonini o‘chirishga ruxsat bermaydi.