Ilmiy nashr ma’lumotlarini boshqarish

Ilmiy nashrni kiritish

Ilmiy nashrni kiritish tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy  nashrlar  menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. Ilmiy nashrlarni kiritish

Ilmiy nashrni tizimga +Kiritish tugmasini bosish orqali kiritish mumkin yoki boshqa hammualliflar tomonidan ilmiy ish kiritilgan bo‘lsa +Tanlash tugmasini  bosish orqali o‘qituvchi o‘zining ilmiy nashrlariga qo‘shishi mumkin.

Ilmiy nashrni yaratish uchun tizimning +Kiritish tugmasi tanlang, natijada ilmiy nashr ma’lumotlarini shakllantirish oynasi ochiladi. Ushbu oynadagi ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring:

  • Xodim maydonida xodimning F.I.Sh. avtomatik tarzda shakllanadi, ushbu maydonni o‘zgartirishga ruxsat yo‘q;
  • Ilmiy nashr turi maydonidan nashr turini tanlang;
  • Til maydonidan tilni tanlang;
  • Ilmiy nashr nomi maydoniga ilmiy nashr nomini kiriting;
  • Kalit so‘zlar maydoniga kalit so‘zlarni kiriting;
  • Mualliflar soni maydoniga mualliflar sonini kiriting;
  • Mualliflar maydoniga agar mualliflar bir nechta bo‘lsa ularni F.I.Sh.larini kiriting;
  • Doi maydoniga ilmiy nashrning linkini kiriting;
  • Manba (jurnal) nomi maydoniga jurnal nomini kiritin;
  • Nashr parametrlari maydoniga nashr parametrlarini kiriting;
  • Xalqaro ilmiy bazalar maydonidan ilmiy bazani tanlang
  • Nashr yili maydonidan nashr yilini tanlang;
  • O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang.

Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).

 

2-rasm. Ilmiy nashrlarma’lumotlarni shakllantirish

Yaratilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy  nashrlar  menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).

3-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Yuqoridagi ketma-ketlik asosida asosida barcha ilmiy nashrlar yaratib olinadi.

Ilmiy nashrni tahrirlash

Ilmiy nashrni tahrirlash uchun ilmiy nashrlar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ilmiy nashrlar ro‘yxatidan ilmiy ishni tanlash orqali ilmiy nashrni tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.

Ilmiy nashrlarni o‘chirish

Ilmiy ishlarni o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlang (2-rasm).

Hammualliflik asosida yaratilgan ilmiy nashrlarni shakllantirish

Hammualliflik asosida yaratilgan ilmiy nashrlarni qo‘shish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy nashrlar menyusini tanlang (4-rasm).

4-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

+Tanlash tugmasini bosish orqali ilmiy nashrlar ro‘yxatiga o‘ting (5-rasm).

5-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Hammualliflikda yaratilgan ishlarni biriktirish uchun ro‘yxatdan nashrni tanlang va Qo‘shish tugmasini bosing. Natijada tanlangan ilmiy nashr nashrlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Qo‘shilgan ilmiy nashrni ko‘rish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy nashrlar menyusini tanlang (6-rasm).

6-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Ilmiy nashrlar ro‘yxati oynasiga qaraydigan bo‘lsak tekshirish oynasida qizil rangda Muallif tasdiqlanmagan yozuvi bor. Hammuallifdagi ilmiy ishni qo‘shgandan so‘ng, ushbu ilmiy ishni asosiy muallifga ya’ni ilmiy ishni yaratgan foydalanuvchiga so‘rov jo‘natadi. Ilmiy ishni yaratgan asosiy foydalunuvchi so‘rovni qabul qilib tasdiqlasa, shundan so‘ng hammuallifda muallif tasdiqlangan degan yozuv paydo bo‘ladi.

Ilmiy ishni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish

Ilmiy ishni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish uchun asosiy muallif profili orqali tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy nashrlar menyusiga kiring (7-rasm).

7-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Ilmiy nashrlar ro‘yxatiga qaraydigan bo‘lsak So‘rov maydonida 1 ta so‘rov paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. So‘rovni qabul qilish uchun So‘rov maydonidagi 1 sonini tanlang. Natijada ilmiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (8-rasm).

8-rasm. Ilmiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash

Ilmiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash oynasining muallif qismidagi foydalanuvchiga tegishli Faol maydonini aktiv holatga keltiring so‘ngra Saqlash tugmasini tanlang. Natijada so‘rov qabul qilinadi. So‘rov qabul qilinganligini ilmiy nashrlar ro‘yxatiga o‘tib ko‘rish mumkin (so‘rov ustunida 1 soni ko‘rinmaydi) (9-rasm).

9-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Hammuallif profilining Ilmiy faoliyat / Ilmiy nashrlar menyusiga qaraydigan bo‘lsak ilmiy nashrning tekshirish ustunida yashil rangda Muallif tasdiqlangan  degan yozuvni ko‘rish mumkin (10-rasm).

10-rasm. Ilmiy nashrlar ro‘yxati

Yuqoridagi ketma-ketlik asosida ilmiy nashrlarni kiritish yoki tanlash orqali shakllantirib olish mumkin.

Hammualliflik asosida qo‘shilgan ilmiy nashrni tahrirlash

Hammualliflik asosida qo‘shilgan ilmiy ishni tahrirlash uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy nashrlar menyusiga o‘ting (10-rasm). Ilmiy nashrlar ro‘yxatidan ilmiy nashrni tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (8-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang

Hammualliflik asosida qo‘shilgan ilmiy nashrni o‘chirish

Muhim! Xammualliflik asosida qo‘shilgan ilmiy nashrni hammuallif tomonidan o‘chirishga ruxsat berilmaydi. Faqat asosiy muallif o‘chirish mumkin.