Intellektual mulk ma’lumotlarini boshqarish
Intellektual mulkni kiritish
Intellektual mulkni kiritish tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Intellektual mulkni kiritish
Intellektual mulkni tizimga +Kiritish tugmasini bosish orqali kiritish mumkin yoki boshqa hammualliflar tomonidan intellektual mulk kiritilgan bo‘lsa +Tanlash tugmasini bosish orqali o‘qituvchi o‘zining intellektual mulklariga qo‘shishi mumkin.
Intellektual mulkni yaratish uchun +Kiritish tugmasi tanlang, natijada intellektual mulk ma’lumotlarini shakllantirish oynasi ochiladi. Ushbu oynadagi ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring:
- Xodim maydonida xodimning F.I.Sh. avtomatik tarzda shakllanadi, ushbu maydonni o‘zgartirishga ruxsat yo‘q;
- mulk turi maydonidan intellektual mulk turini tanlang;
- mulk nomi maydoniga intellektual mulk nomini kiriting;
- mulk raqami maydoniga intellektual mulk raqamini kiriting;
- mulk sanasi maydonidan sanani tanlang;
- Mualliflar soni maydoniga mualliflar sonini kiriting;
- Mualliflar maydoniga agar mualliflar bir nechta bo‘lsa ularni F.I.Sh.larini kiriting;
- Nashr parametrlari maydoniga nashr parametrlarini kiriting;
- Nashr yili maydonidan nashr yilini tanlang;
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Intellektual mulk ma’lumotlarni shakllantirish
Yaratilgan intellektual mulklar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida asosida barcha intellektual mulklar yaratib olinadi.
Intellektual mulkni tahrirlash
Intellektual mulkni tahrirlash uchun intellektual mulklar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Intellektual mulklar ro‘yxatidan intellektual mulkni tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.
Intellektual mulkni o‘chirish
Intellektual mulkni o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlang (2-rasm).
Hammualliflik asosida yaratilgan intellektual mulkni shakllantirish
Hammualliflik asosida yaratilgan intellektual mulkni qo‘shish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusini tanlang (4-rasm).
4-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
+Tanlash tugmasini bosish orqali intellektual mulklar ro‘yxatiga o‘ting (5-rasm).
5-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Hammualliflikda yaratilgan ishlarni biriktirish uchun ro‘yxatdan intellektual mulkni tanlang va Qo‘shish tugmasini bosing. Natijada tanlangan intellektual mulk nashrlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Qo‘shilgan intellektual mulkni ko‘rish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusini tanlang (6-rasm).
6-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Intellektual mulklar ro‘yxati oynasiga qaraydigan bo‘lsak tekshirish oynasida qizil rangda Muallif tasdiqlanmagan yozuvi bor. Hammuallifdagi intellektual mulkni qo‘shgandan so‘ng asosiy muallifga ya’ni intellektual mulkni yaratgan foydalanuvchiga so‘rov jo‘natadi. Intellektual mulkni yaratgan asosiy foydalunuvchi so‘rovni qabul qilib tasdiqlasa, shundan so‘ng hammuallif oynasida muallif tasdiqlangan degan yozuv paydo bo‘ladi.
Intellektual mulkni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish
Intellektual mulkni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish uchun asosiy muallif profili orqali tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusiga kiring (7-rasm).
7-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Intellektual mulklar ro‘yxatiga qaraydigan bo‘lsak So‘rov maydonida 1 ta so‘rov paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. So‘rovni qabul qilish uchun So‘rov maydonidagi 1 sonini tanlang. Natijada intellektual mulk ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (8-rasm).
8-rasm. Intellektual mulk ma’lumotlarini tahrirlash
Intellektual mulk ma’lumotlarini tahrirlash oynasining muallif qismidagi foydalanuvchiga tegishli Faol maydonini aktiv holatga keltiring, so‘ngra Saqlash tugmasini tanlang. Natijada so‘rov qabul qilinadi. So‘rov qabul qilinganligini intellektual mulklar ro‘yxatiga o‘tib ko‘rish mumkin (so‘rov ustunida 1 soni ko‘rinmaydi) (9-rasm).
9-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Hammuallif profilining Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusiga qaraydigan bo‘lsak intellektual mulkning tekshirish ustunida yashil rangda Muallif tasdiqlangan degan yozuvni ko‘rish mumkin (10-rasm).
10-rasm. Intellektual mulklar ro‘yxati
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida intellektual mulklarni kiritish yoki tanlash orqali shakllantirib olish mumkin.
Hammualliflik asosida qo‘shilgan intellektual mulkni tahrirlash
Hammualliflik asosida qo‘shilgan intellektual mulkni tahrirlash uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Intellektual mulklar menyusiga o‘ting (10-rasm). Intellektual mulklar ro‘yxatidan intellektual mulkni tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (8-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang
Hammualliflik asosida qo‘shilgan intellektual mulkni o‘chirish
Muhim! Xammualliflik asosida qo‘shilgan intellektual mulkni hammuallif tomonidan o‘chirishga ruxsat berilmaydi. Faqat asosiy muallif o‘chirish mumkin.