Ixtisoslik ma'lumotlarini boshqarish

Ixtisoslik yaratish

Ixtisoslik yaratish tizimning Doktorantura / Ixtisosliklar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. Ixtisosliklar oynasi

Ixtisoslik oynasidan +Ixtisoslik qo’shish tugmasini tanlash orqali ixtisoslikni yaratish oynasiga o'ting. Ixtisoslikni qo'shish uchun Ixtisoslik maydonidan ixtisoslikni, Turi maydonidan turini tanlang. Saqlash tugmasini tanlash orqali ma'lumotlarni saqlang (2-rasm).

2-rasm. Ixtisoslik ma'lumotlari

Yuqoridagi ketma-ketlik asosida barcha ixtisosliklar ro'yxatini yaratib oling.

Ixtisoslikni tahrirlash

Ixtisoslikni tahrirlash uchun tizimning Doktorantura / Ixtisosliklar menyusi orqali ixtisosliklar ro'yxatiga o'ting (1-rasm). Ixtisosliklar ro'yxatidan ixtisoslikni tanlash orqali ixtisoslikni tahrirlash oynasiga o'ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan biror-bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.

Ixtisoslikni o'chirish

Ixtisoslikni o'chirish uchun ixtisoslikni tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlang (2-rasm).