Talabaning kursdan kurga oʻtkazish.
Talabani kursdan kursga oʻtkazish tizimning Talaba harakati/kursga o’tkazsh menyusini orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
Talabani kursdan kursga oʻtkazishda uchta shart qanoatlantirilishi kerak. Birinchisi bu talaba semestrdan semesrga oʻtgan boʻlishi kerak, masalan 2 kursga oʻtishi uchun 1-semestrdan 2-semestrga oʻtgan boʻlishi kerak. Ikkinchi sharti talabaning Gpa va fanlardan qarzorligi hisoblangan boʻlishi kerak. Uchinchi shart koʻchirish buyrugʻi shakllangan boʻlishi kerak. Shunda talabani kursdan kursga oʻtkazish mumkin.
1-rasm. Talabani kursdan kursga oʻtkazish
Talabani kursdan kursga oʻtkazish uchun zarur parametrlarni tanlang: bunda, oʻquv rejani, oʻquv yilini, kursini, semestrini, guruhini, keyingi kursni va buyrugʻini tanlang (2-rasm).
2-rasm. Talabani kursdan kursga koʻchirish oynasi
Barcha parametrlar toʻgʻri belgilangan boʻlsa 2-rasmda keltirilgan oynadan O’tkazish tugmasini tanlang. Natijada talaba kursdan kursga oʻtadi (3-rasm). Koʻrilayotgan holat boʻyicha talabaning Gpa va Qarz maʼlumotlari hisoblangan va talaba 2-kurs 4-semestrdan 3-kurs 5-semestrga oʻtishi jaryoni koʻrsatib oʻtilgan.
3.6.14-rasm. Talabani kursdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Talabani kursdan kursga oʻtganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot oynasiga qaraladigan boʻlsa roʻyxatda talaba yoʻq va ekranda talabani kursga oʻtkazganlik boʻyicha xabar paydo boʻldi.