Xabarlar bilan ishlash
Kiruvchi xabarlarni o‘qish
Kiruvchi xabarlarni o‘qish tizimning Xabarlar / Mening xabarlarim menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Kiruvchi xabarlar bilan ishlash
Kelgan xabarlarni o‘qish uchun papkalar ro‘yxatidan Kiruvchi xabarlar papkasini tanlash orqali kiruvchi xabarlar ro‘yxati oynasiga o‘ting va ro‘yxatdan xabarni tanlash orqali xabar mazmunini o‘qing (2-rasm).
2-rasm. Kiruvchi xabarlarni o‘qish
Javob berish tugmasini tanlash orqali javob yozish oynasida o‘ting (3-rasm).
3-rasm. Kelgan xabarga javob yozish
Xabarga javobni yozing va Yuborish tugmasini tanlang. Natijada xabar jo‘natiladi.
Kiruvchi xabarni boshqa foydalanuvchiga jo‘natish uchun kiruvchi xabarlarni o‘qish oynasidan (2-rasm) Qayta yuborish tugmasini tanlang. Natijada xabarga javob yozish oynasi ochiladi (4-rasm).
4-rasm. Javob yozish oynasi
Xabarni yuborish uchun +Xodim yoki +Talaba tugmasini tanlash orqali foydalanuvchilar ro‘yxati oynasiga o‘ting (5-rasm).
5-rasm. Foydalanuvchilar ro‘yxati
Foydalanuvchilar ro‘yxatidan kerakli foydalanuvchilarni tanlang va Qo’shish tugmasini tanlash orqali foydaluvchilarni qo‘shing (6-rasm)
6-rasm. Xabarni qayta yuborish
Yuborish tugmasini tanlash orqali xabarni jo‘nating.
Kelgan xabarni o‘chirish
Kelgan xabarni o‘chirish uchun papkalar ro‘yxatidan Kiruvchi xabarlar papkasini tanlash orqali kiruvchi xabarlar ro‘yxati oynasiga o‘ting (1-rasm) va ro‘yxatdan xabarni tanlash orqali xabar mazmunini o‘qish oynasida o‘ting O‘chirish tugmasini tanlash orqali kelgan xabarni o‘chiring (2-rasm).
Jo‘natilgan xabarlar bilan ishlash
Jo‘natilgan xabarlarni ko‘rish uchun tizimning Xabarlar / Mening xabarlarim menyusiga o‘ting (1-rasm). Papkalar ro‘yxatidan Jo‘natilgan papkasini tanlash orqali Jo‘natilgan xabarlar ro‘yxatiga o‘ting (7-rasm)
7-rasm. Jo‘natilgan xabarlar ro‘yxati
Jo‘natilgan xabarlar ro‘yxatdan xabarni tanlash orqali xabar mazmunini o‘qing (7-rasm).
8-rasm. Jo‘natilgan xabarlarni o‘qish
Jo‘natilgan xabardan foydalanilmasa O‘chirish tugmasini tanlash orqali xabarni o‘chiring.
Qoralama xabarlar bilan ishlash
Qoralama xabarlar bilan ishlash uchun uchun tizimning Xabarlar / Mening xabarlarim menyusiga o‘ting (1-rasm). Papkalar ro‘yxatidan Qoralama papkasini tanlash orqali Qoralama xabarlar ro‘yxatiga o‘ting (9-rasm)
9-rasm. Qoralama xatlar ro‘yxati
Qoralama xatlar ro‘yxatida yaratilgan ammo oxiriga yetkazilmagan xabarlar ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Qoralama xatni tahrirlash uchun ro‘yxatni xatni tanlash orqali qoralama xatning mazmunini o‘qish oynasiga o‘ting (10-rasm).
10-rasm. Qoralama xat mazmuni
Qoralama xat mazmuniga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa tahrirlash qiling va yuborish tugmasini tanlash orqali foydalanuvchiga yuboring
Qoralama xabarni o‘chirish
Qoralama xabarni o‘chirish uchun qoralama xat mazmuni oynasidan O‘chirish tugmasini bosing. Natijada qoralama xat o‘chadi.
Korzinka papkasi bilan ishlash
Korzinka papkasi bilan ishlash uchun tizimning Xabarlar / Mening xabarlarim menyusiga o‘ting (1-rasm). Papkalar ro‘yxatidan Korzinka papkasini tanlash orqali Korzinka papkasidagi xabarlar ro‘yxatiga o‘ting (11-rasm)
11-rasm. Korzinka papkasidagi xabarlar ro‘yxati
Korzinka papkasidagi xabarlar bilan ishlash uchun xabarlar ro‘yxatidan xabarni tanlash orqali xabar mazmunini o‘qish oynasiga o‘ting (12-rasm).
12-rasm. Xabar mazmunini ko‘rish
Agar ushbu xabar kerak bo‘lmasa oynadan O’chirish tugmasini tanlash orqali xabarni o‘chirish yoki ushbu xabar kerak bo‘lsa Tiklash tugmasini tanlash orqali xabarni tiklash mumkin.