Reyting mezonlari ma’lumotlarini boshqarish
Reyting mezonini yaratish
Reyting mezonlarini shakllantirish ikki xil usulda amalga oshiriladi: birinchi usul reyting mezonlarini yaratish, ikkinchi usul reyting mezonlarini import qilish. Reyting mezonlarini yaratish tizimning Reyting / Reyting mezonlari menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Reyting mezonlari ro‘yxati
Reyting mezonlari ma’lumotini quyidagicha shakllantiring:
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang;
- Nashr turi maydonidan nashr turini tanlang;
- Nashr toifasi maydonidan nashr toifasini tanlang;
- Ilmiy baza katagini belgilang (ilmiy nashrlar uchun);
- Nashr guvohnomasi katagini belgilang (uslubiy nashrlar uchun);
- Ball maydoniga ballni kiriting.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Mezonlarni shakllantirish
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida OTM o‘zining reytingini tashkil qilish uchun reyting mezonlarini yaratib olishi mumkin.
Reyting mezonini import qilish orqali shakllantirish
Reyting mezonini import qilish uchun reyting mezonlari ro‘yxatiga o‘ting (1-rasm) va +Import tugmasini tanlang. Natijada import oynasi ochiladi (3-rasm). Import oynasidan nashr turi, o‘quv yili (joriy o‘quv yili uchun) va nashrlar turidan nashr turini tanlang.
3-rasm. Reyting mezoni import qilish.
Reyting mezonini import qilish uchun O‘tkazish tugmasini tanlang. natijada reyting mezoni mezonlar ro‘yxatiga ko‘shiladi (4-rasm).
4-rasm. Reyting mezonlar ro‘yxati.
Import qilish orqali nashrlarning barcha turlari bo‘yicha reyting mezonlarini shakllantirib oling.
Reyting mezonini tahrirlash
Reyting mezonini tahrirlash uchun tizimning Reyting / Reyting mezonlari menyusini tanlang (1-rasm). Reyting mezonlari ro‘yxatidan mezonni tanlang. Natijada reyting mezoni ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Reyting mezonini tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali reyting mezoni ma’lumotlarini saqlang.
Reyting mezonini o‘chirish
Reyting mezonini o‘chirish uchun mezonlar ro‘yxatidan mezonni tanlang. Natijada reyting mezoni ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Reyting mezonini o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasi tanlang.
Muhim! Agar tizimda reyting mezoniga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim reyting mezonini o‘chirishga ruxsat bermaydi.