Schot-faktura ma’lumotlarini boshqarish
Schot-faktura yaratish
Schot-faktura ma’lumotlarini yaratish uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Schet-faktura menyusini tanlang (1-rasm).
1-rasm. Schot-fakturani shakllantirish
Qo’shish tugmasini bosish orqali schot-faktura yaratish oynasiga o‘ting va filtrlar yordamida talabalar ro‘yxatini hosil qiling (2-rasm).
2-rasm. Schot-faktura yaratish
Schet-faktura tugmasini tanlash orqali schot-fakturani shakllantirish oynasi o‘ting va Faktura raqami maydoniga faktura raqamini kiriting, Faktura sanasi maydonidan faktura sanasini tanlang, Summa maydoniga faktura summasini kiriting va saqlash tugmasini tanlang (3-rasm).
3-rasm. Schot-fakturani shakllantirish
Yaratilgan schot-fakturani yuklab olish uchun schot-fakturani shakllantirish oynasining Fayl nomi ustunidagi yuklash tugmasini bosing. Natijada talabaning schot-fakturasini yuklanadi (4-rasm).
4-rasm. Schot-fakturani yuklab olish
Schot-faktura yuklab olingandan so‘ng printer qurilmasi orqali chop etish mumkin.
Schot-fakturani tahrirlash
Schot-fakturani tahrirlash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Schet-faktura menyusini tanlash orqali talabalar ro‘yxatiga o‘ting (1-rasm). Talabalar ro‘yxatidan talabani tanlash orqali talabaning schot-fakturasi ro‘yxatiga o‘ting va schot-fakturani tanlang. Natijada schot-faktura ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Tahrirlash maydonidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang.
Schot-fakturani o‘chirish
Schot-fakturani o‘chirish schot-faktura ma’lumotlari tahrirlash oynasidan o‘chirish tugmasini tanlang (2-rasm).