Talaba UZASBO IDkodini shakllantirish
Talabaning Uzasbo Id kodini shakllantirish tizimning Moliyaviy faoliyat / Talaba uzasbo kodi menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Talaba Uzasbo Id kodini shakllantirish
Talaba Uzasbo Id kodini shakllantirish uchun filtrlar orqali talabalar ro‘yxatidan talabani tanlang. So‘ngra Talaba Uzasbo Id raqami maydoniga talabaning Uzasbo Id kodini kiriting va Saqlash tugmasini tanlang. Natijada talabaning Uzasbo Id raqami kiritiladi (2-rasm).
2-rasm. Talaba Uzasbo Id kodini kiritish
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida talabani tanlab talaba Uzasbo Id kodini shakllantirib olish mumkin.
Talaba Uzasbo Id kodini fayldan yuklash
Talaba Uzasbo Id kodini fayldan yuklash uchun talaba Uzasbo Id kodini shakllantirish oynasidan (1-rasm) Fayl namunasi tugmasini bosish orqali talaba Uzasbo Id kodini tizimga kiritish shablonini ko‘chirib oling va shu shablon bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlang (3-rasm).
3-rasm. Talaba ma’lumotlarini shablon faylda shakllantirish
Shablonga mos tayyorlangan talaba Uzasbo Id kodini yuklash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Talaba uzasbo kodi menyusini tanlang (1-rasm). Filtrlar orqali talabalar ro‘yxatini shakllantiring, so‘ngra ID Yuklash tugmasini tanlang va tayyorlangan shablon faylni yuklang (4-rasm).
4-rasm. Uzasbo kodining fayldan yuklash.
Shablon fayl yuklangandan so‘ng tizimda avtomatik tarzda talabalarning Uzasbo Id kodi shakllanadi (5-rasm).
5-rasm. Talabaning Uzasbo kodini shakllantirish
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida fayldan yuklash orqali talabalarning Uzasbo Id kodini shakllantirib oling.