Talaba faolligini ko‘rish

Talaba faolligini ko‘rish tizimning Hisobotlar / Talaba faolligi menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. Talaba faolligi

Talaba faolligi oynasida talabaning familiyasi, ismi, sharifi, fakulteti, mutaxassisligi, ta’lim turi, qaysi IP manzildan kirganligi,  qanday amalni bajarganligi va tizimga kirgan sanasi kabi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Tegishli filtrlar yordamida talaba faolligini ta’lim turi, ta’lim shakli, guruh va kurs kesimida ham shakllantirish mumkin.