Tanlovdan o‘tish ma’lumotlarini boshqarish
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilarni ro‘yhatga olish
Tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar ro‘yhatini shakllantirish tizim oynasining Xodimlar / Tanlovdan o’tish menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilarni ro‘yxatga olish
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilar ma’lumotlarini shakllantirish uchun +Yaratish tugmasini tanlang. Ma’lumotlarni shakllantirish oynasida quyidagi amallarni bajaring(2-rasm).:
- Xodimni tanlang maydonidan professor o‘qituvchini tanlang;
- Tanlov lavozimi maydonidan tanlov lavozimini tanlang;
- Tanlov sanasi maydonidan tanlovdan o‘tgan sanani tanlang;
- Kengash qarori, raqami va sanasi maydoniga qaror, raqam va sanani kiriting (2-rasm).
2-rasm. Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchining ma’lumotini shakllantirish
Barcha ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada ma’lumotlar saqlanadi.
Tanlovdan o‘tish ma’lumotlari shakllantirilgan o‘qituvchilar ro‘yxatini ko‘rish tizim oynasining Xodimlar / Tanlovdan o’tish menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. O‘qituvchilar ro‘yxati
Xuddi shu ketma-ketlikda tanlovdan o‘tgan barcha professor-o‘qituvchilarning ro‘yxatini shakllantirib oling.
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchining ma’lumotini tahrirlash
Kiritilgan ma’lumotni tahrirlash uchun 2-rasmda keltirilgan o‘qituvchi ma’lumotini shakllantirish oynasidan kerakli o‘zgartirishni amalga oshiring va saqlang.
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchining ma’lumotini o‘chirish
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchining ma’lumotini o‘chirish faqat administrator rolidan amalga oshiriladi. Buning uchun admistrator rolidan Xodimlar / Tanlovdan o’tish menyusini tanlang. Natijada tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati paydo bo‘ladi. O‘chirish zarur bo‘lgan o‘qituvchini tanlang va oynadan O’chirish tugmasini bosing (4-rasm).
4-rasm. Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchining ma’lumotini o‘chirish
Tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilarni monitoringini 3-rasmda keltirilgan oynadan Monitoring tugmasini bosish orqali ko‘rish mumkin (5-rasm).
5-rasm. Monitoring oynasi.
Monitoring oynasida ro‘yxat ko‘payib ketsa fakultetni tanlang yoki kafedrani tanlang maydonidan fakultet va kafedra kesimida filtrlash mumkin.