To‘lov farqi ma’lumotlarini boshqarish
To‘lov farqini kiritish
Talabaning oldingi o‘quv yilida kiritilmagan to‘lov summalarini kiritish orqali talabaning haqdor yoki qazdor ekanligini bilish mumkin. Talabaning haqdorlik yoki qazdorlik ma’lumotlarini shakllantirish tizimning Moliyaviy faoliyat / To‘lov farqi menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. To‘lov farqi ma’lumotlari
+Kiritish tugmasini bosish orqali to‘lov farqini kiritish oynasiga o‘ting va filtrlar yordamida talabalar ro‘yxatini hosil qiling (2-rasm).
2-rasm. Talabalar ro‘yxati
Talabalar ro‘yxatidan talaba qatoriga tegishli bo‘lgan Kiritish tugmasini tanlash orqali talabaning o‘tgan o‘quv yili shartnomasini tahrirlash oynasiga o‘ting. O‘tgan o‘quv yili shartnomasini tahrirlash oynasidagi ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring (3-rasm).:
Shartnoma ma’lumotlari:
- Shartnoma raqami maydoniga o‘tgan o‘quv yili shartnoma raqamini kiriting;
- Sana maydonidan shartnoma sanasini tanlang;
- Chegirma (%) maydoni blok holatda;
- Shartnoma turi maydonidan shartnoma turini tanlang;
- Summa turi maydonidan summa turini tanlang;
- Shartnoma shakli maydonidan shartnoma shaklini tanlang;
- Oylar maydoni blok holatda;
Ta’lim ma’lumotlari
- O‘quv yili maydonidan o‘tgan o‘quv yilini tanlang;
- Kurs maydonidan talabaning oldingi kursini tanlang;
- Ta’lim shakli maydoni blok holatda;
- Ta’lim turi maydoni blok holatda;
- Fakultet maydoni blok holatda ;
- Mutaxassislik maydoni blok holatda.
3-rasm. Shartnomani tahrirlash
Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa Saqlash tugmasini tanlang. Natijada talabaga o‘tgan o‘quv yili bo‘yicha shartnoma shakllanadi va to‘lovlarni kiritish imkoni hosil bo‘ladi (4-rasm)
4-rasm. Shartnomani tahrirlash oynasi
To‘lovni kiritish tugmasini tanlash orqali to‘lovni kiritish oynasiga o‘ting (5-rasm). To‘lovni kiritish oynasida ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring:
- Hujjat raqami maydoniga to‘lov hujjati raqamini kiriting;
- To’lov sanasi maydonidan to‘lov sanasini tanlang;
- Summa maydoniga to‘langan summani kiriting;
- To’lov izohi maydoniga izohni kiriting.
5-rasm. To‘lovni kiritish
To‘lov ma’lumotlari shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada talabaning o‘tgan o‘quv yili bo‘yicha shartnoma to‘lovi tizimga kiritiladi (6-rasm).
6-rasm. Talabaning to‘lov ma’lumotlari
Talabaning to‘lovlari kiritilgandan so‘ng tizimning Moliyaviy faoliyat / To‘lov farqi menyusini tanlash orqali talabaning haqdor yoki qarzdor ekanligini ko‘rish mumkin (7-rasm).
7-rasm. Talabaning to‘lov farqi ma’lumoti
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida talabalarning qarzdorlik yoki haqdorlik ma’lumotlarini shakllantirib oling.
Talabaning qarzdorlik yoki haqdorlik ma’lumotlarini tahrirlash
Talabaning qarzdorlik yoki haqdorlik ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / To‘lov farqi menyusini tanlash orqali talabalar ro‘yxatiga o‘ting (7-rasm). Talabalar ro‘yxatidan talabani tanlash orqali talaba shartnomasini tahrirlash oynasiga o‘ting (6-rasm):
Shartnoma ma’lumotlarini tahrirlash uchun:
- Shartnoma ma’lumotlari yoki Ta’lim ma’lumotlari qismida joylashgan ma’lumotlar ustida tahrirlash ishlarini bajaring va Saqlash tugmasini tanlang. Natijada shartnoma tahrirlanadi.
To‘lov ma’lumotlarini tahrirlash uchun:
- To’lov ma’lumotlari qismidan hujjat raqamini tanlash orqali to‘lov ma’lumotlarini tahrirlash oynasiga o‘ting (8-rasm).
8-rasm. To‘lov ma’lumotlarini tahrirlash
To‘lov ma’lumotlarini tahrirlash oynasidan tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang. Natijada to‘lov ma’lumotlari tahrirlanadi.
Talabaning qarzdorlik yoki haqdorlik ma’lumotlarini o‘chirish
Talabaning qarzdorlik yoki haqdorlik ma’lumotlarini o‘chirish uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / To‘lov farqi menyusini tanlash orqali talabalar ro‘yxatiga o‘ting (7-rasm). Talabalar ro‘yxatidan talabani tanlash orqali talaba shartnomasini tahrirlash oynasiga o‘ting (6-rasm):
To‘lov ma’lumotlarini o‘chirish uchun:
- To’lov ma’lumotlari qismidan hujjat raqamini tanlash orqali to‘lov ma’lumotlarini tahrirlash oynasiga o‘ting va O‘chirish tugmasini tanlash orqali to‘lov ma’lumotlarini o‘chiring (8-rasm).
Shartnoma ma’lumotlarini o‘chirish uchun:
- To‘lov ma’lumotlari o‘chirilgandan so‘ng 6-rasmda keltirilgan talabaning to‘lov ma’lumotlarini tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlash orqali ma’lumotni o‘chiring.
Muhim! Talabaning to‘lov ma’lumotlari kiritilmagan bo‘lsa 3-rasmda keltirilgan shartnomani tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlash orqali shartnomani o‘chirish mumkin. Agar talabaning to‘lov ma’lumotlari kiritilgan bo‘lsa birinchi to‘lov ma’lumotlari o‘chirilgandan so‘ng shartnoma ma’lumotlarini o‘chirish mumkin bo‘ladi.