Uslubiy nashr ma’lumotlarini boshqarish
Uslubiy nashrni kiritish
Uslubiy nashrni kiritish tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Ilmiy nashrlarni kiritish
Uslubiy nashrni tizimga +Kiritish tugmasini bosish orqali kiritish mumkin yoki boshqa hammualliflar tomonidan uslubiy nashr kiritilgan bo‘lsa +Tanlash tugmasini bosish orqali o‘qituvchi o‘zining uslubiy nashriga qo‘shishi mumkin.
Uslubiy nashrni yaratish uchun +Kiritish tugmasi tanlang, natijada uslubiy nashr ma’lumotlarini shakllantirish oynasi ochiladi. Ushbu oynadagi ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring:
- Xodim maydonida xodimning F.I.Sh. avtomatik tarzda shakllanadi, ushbu maydonni o‘zgartirishga ruxsat yo‘q;
- Uslubiy nashr turi maydonidan nashr turini tanlang;
- Til maydonidan tilni tanlang;
- Uslubiy nashr nomi maydoniga uslubiy nashr nomini kiriting;
- Mualliflar soni maydoniga mualliflar sonini kiriting;
- Mualliflar maydoniga agar mualliflar bir nechta bo‘lsa ularni F.I.Sh.larini kiriting;
- Nashriyot maydoniga nashriyotni kiriting;
- Nashr parametrlari maydoniga nashr parametrlarini kiriting;
- Nashr yili maydonidan nashr yilini tanlang;
- Guvohnoma raqami maydoniga guvohnoma raqamini kiriting;
- Guvohnoma sanasi maydonidan guvohnoma sanasini tanlang;
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Uslubiy ishlar ma’lumotlarni shakllantirish
Yaratilgan uslubiy nashrlar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida asosida barcha uslubiy nashrlar yaratib olinadi.
Uslubiy nashrni tahrirlash
Uslubiy nashrni tahrirlash uchun uslubiy nashrlar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Uslubiy nashrlar ro‘yxatidan uslubiy nashrni tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.
Uslubiy nashrni o‘chirish
Uslubiy nashrni o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlang (2-rasm).
Hammualliflik asosida yaratilgan uslubiy nashrlarni shakllantirish
Hammualliflik asosida yaratilgan uslubiy nashrlarni qo‘shish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusini tanlang (4-rasm).
4-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
+Tanlash tugmasini bosish orqali uslubiy nashrlar ro‘yxatiga o‘ting (5-rasm).
5-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Hammualliflikda yaratilgan ishlarni biriktirish uchun ro‘yxatdan nashrni tanlang va Qo‘shish tugmasini bosing. Natijada tanlangan uslubiy nashr nashrlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Qo‘shilgan uslubiy nashrni ko‘rish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusini tanlang (6-rasm).
6-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Uslubiy nashrlar ro‘yxati oynasiga qaraydigan bo‘lsak tekshirish oynasida qizil rangda Muallif tasdiqlanmagan yozuvi bor. Hammuallifdagi uslubiy nashrni qo‘shgandan so‘ng, ushbu uslubiy nashrni asosiy muallifga ya’ni uslubiy ishni yaratgan foydalanuvchiga so‘rov jo‘natadi. Uslubiy nashrni yaratgan asosiy foydalanuvchi so‘rovni qabul qilib tasdiqlasa, shundan so‘ng hammuallifda muallif tasdiqlangan degan yozuv paydo bo‘ladi.
Uslubiy nashrni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish
Uslubiy nashrni yaratgan asosiy muallif tamonidon so‘rovni qabul qilish uchun asosiy muallif profili orqali tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusida amalga oshiriladi (7-rasm).
7-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Uslubiy nashrlar ro‘yxatiga qaraydigan bo‘lsak So‘rov maydonida 1 ta so‘rov paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. So‘rovni qabul qilish uchun So‘rov maydonidagi 1 sonini tanlang. Natijada uslubiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (8-rasm).
8-rasm. Uslubiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash
Uslubiy nashr ma’lumotlarini tahrirlash oynasining muallif qismidagi foydalanuvchiga tegishli Faol maydonini aktiv holatga keltiring (9-rasm).
9-rasm. Uslubiy nashrni tahrirlash oynasi.
Uslubiy nashrni tahrirlash oynasidagi Faol maydonini aktiv holatga keltirilgan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada so‘rov qabul qilinadi. So‘rov qabul qilinganligini uslubiy nashrlar ro‘yxatiga o‘tib ko‘rish mumkin (so‘rov ustunida 1 soni ko‘rinmaydi) (10-rasm).
10-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Hammuallif profilining Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusiga qaraydigan bo‘lsak uslubiy nashrning tekshirish ustunida yashil rangda Muallif tasdiqlangan degan yozuvni ko‘rish mumkin (11-rasm).
11-rasm. Uslubiy nashrlar ro‘yxati
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida uslubiy ishlarni kiritish yoki tanlash orqali shakllantirib olish mumkin.
Hammualliflik asosida qo‘shilgan uslubiy nashr tahrirlash
Hammualliflik asosida qo‘shilgan uslubiy nashrni tahrirlash uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Uslubiy nashrlar menyusiga o‘ting (11-rasm). Uslubiy nashrlar ro‘yxatidan uslubiy nashrni tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (9-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang
Hammualliflik asosida qo‘shilgan uslubiy nashrni o‘chirish
Muhim! Xammualliflik asosida qo‘shilgan uslubiy nashrni hammuallif tomonidan o‘chirishga ruxsat berilmaydi. Faqat asosiy muallif o‘chirish mumkin.