Yakuniy nazorat ballarini boshqarish
Yakuniy nazorat ballarini boshqarish tizimning Nazoratlar / Yakuniy nazorat menyusi orqali amalga oshiriladi.
1-rasm. Yakuniy nazoratlar ro‘yxati
Fanning yakuniy nazorat ballarini shakllantirish uchun nazoratlar ro‘yxatidan guruxni tanlang. Natijada fan buyicha yakuniy nazorat qaydnomasi ochiladi.
2-rasm. Fanning yakuniy nazorat qaydnomasi
Fanning yakuniy nazorat qaydnomasida fan bo‘yicha oraliq va joriy nazorat ballari va ularning umumiy summasi ko‘rinadi. Talabaning yakuniy nazoratga ruxsati bor yoki yo‘qligini Ro‘yxat tugmasini tanlash orqali bilish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Ruxsat xolati
Tizim talabaning yakuniy nazoratga ruxsat xolatini baholash tizimidan kelib chiqib avtomatik tarzda belgilab beradi.
Yakuniy nazorat yozma ko‘rinishda olinsa nazorat qaydnomasining yakuniy nazorat ustuniga ball qo‘lda kiritiladi va Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada talabaning yakuniy nazorat bali shakllanadi.
3-rasm. Yakuniy nazorat qaydnomasi
Yakuniy nazorat test ko‘rinishida tashkil etilib baholangan bo‘lsa nazorat qaydnomasidan To’ldirish tugmasini bosing (4-rasm).
4-rasm. Yakuniy nazorat balini to‘ldirish
Yakuniy nazorat balini to‘ldirish uchun imtihonni tanlash oynasidan imtihon nomini tanlang. Natijada yakuniy nazorat qaydnomasiga test natijasi avtomatik tarzda o‘tadi. Umumiy summasini hisoblash uchun esa Saqlash tugmasini tanlang. Natijada talabaning yakuniy nazorat bali hisoblanadi (5-rasm).
5-rasm. Yakuniy nazorat qaydnomasi
Chop etish tugmasini tanlash orqali yakuniy nazorat qaydnomasini chop etish mumkin.
2-3- qaydnomalar ham yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida shakllantiriladi.