OTM ma’lumotlarini yaratish
Tizimda ish jarayonini boshlash uchun dastlab OTM ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish talab etiladi, sababi shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarning shartnoma qog‘ozlarini va bitiruvchilarning diplom ma’lumotlarini shakllantirishda ushbu ma’lumotlardan foydalaniladi. OTM ma’lumotlarni shakllantirish OTM strukturasi / OTM haqida menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm.OTM ma’lumotlarni shakllantirish
OTMning ayrim ma’lumotlari vazirlik axborot tizimidan olinadi, boshqa ma’lumotlari esa OTM ma’suli tomonidan shakllantiriladi. OTM ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish uchun 1-rasmda keltirilgan oynadan O’zgartirish tugmasini bosish orqali ma’lumotlar shakllantiriladi (2-rasm).
2-rasm. OTM haqidagi ma’lumotlarini shakllantirish
Talab etilgan ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng tizim oynasidan Saqlash tugmasi bosiladi va natijada OTMga tegishli ma’lumotlar shakllanadi (3-rasm).
3-rasm. OTM ma’lumotlarini ko‘rish
OTM ma’lumotlarini o‘zbek va ingliz tilida shakllantirish talab etiladi. Chunki talabaning diplomi ingliz tilida ham yoziladi. OTM ma’lumotini ingliz tilida yaratish uchun 3-rasmda keltirilgan OTM haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish oynasidan tizim interfeysi tilini ingliz tiliga o‘zgartiring va ma’lumotlarni shakllantiring (4-rasm).
4-rasm. OTM ma’lumotlarini ingliz tilida shakllantirish
Talab etilgan ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng tizim oynasidan Save tugmasi bosiladi va natijada OTMga tegishli ma’lumotlar ingliz tilida shakllanadi (5-rasm).
5-rasm. Tizimning ingliz tilida ma’lumotlari
OTM ma’lumotlarini rus tilida ham tizim interfeysi tilini rus tiliga o‘zgartirish orqali shakllantirib olinadi.