Baholash tizimi ma’lumotlarini boshqarish
Baholash tizimi ma’lumotini ko‘rish
Baholash tizimi ma’lumoti vazirlik axborot tizimi bilan integratsiya qilish natijasida hosil bo‘ladi. Ya’ni baholash tizimi vazirlik axborot tizimida shakllantiriladi, so‘ngra OTM axborot tizimida ko‘rinadi. Baholash tizimini ko‘rish O’quv jarayoni / Baholash tizimi menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Baholash tizimi ro‘yxati
Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida 3 xil baholash tizimi mavjud bo‘lib, ular Reyting, 5 baholik va Kredit baholash tizimiga bo‘linadi. Bugungi kunda aksariyat hollarda kredit baholash tizimiga o‘tilgan. Agar boshqa baholash tizimlari umuman ishlatilmasa baholash tizimini nofaolga o‘tkazish talab etiladi.
Baholash tizimini tahrirlash
Baholash tizimini tahrirlash uchun baholash tizimi ro‘yxatidan tegishli baholash turini tanlanadi va natijada baxolash tizimi ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm).
2-rasm. Baxolash tizimini tahrirlash
Baxolash tizimini tahrirlash oynasida faqat baxolashning minimum qiymatini o‘zgartirishga ruxsat bor. Agar minimum qiymatda xatolik bo‘lsa tahrirlash tavsiya etiladi va Saqlash tugmasi tanlash orqali ma’lumotlar saqlanadi.
Eslatma. Baholash tizimini o‘chirishga ruxsat etilmagan. Tizimning o‘rnatilgan vaqtda baholash tizimi ham avtomatik tarzda shakllanadi. Agar biror bir xatolik bo‘lmasa baholash tizimi tahrirlash mumkin emas.