Fanlar bloki ma’lumotlarini boshqarish
Fanlar blokini shakllantirish
Fanlar bloki asosan tizimning O‘quv jarayoni/O‘quv reja menyusi orqali shakllantiriladi va boshqariladi. Fanlar bloki ma’lumotini tizimning O‘quv jarayoni/Fan bloki menyusida ham shakllantirish va boshqarish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Fanlar bloki ro‘yxati
Fanlar bloki ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- O‘quv reja maydonidan o‘quv rejani tanlang;
- Fanlar bloki maydonidan fanlar blokini tanlang. Tizimda Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, Umumkasbiy fanlar, Ixtisoslik fanlari, Qo‘shimcha fanlar, Umummetodologik fanlar, Mutaxassislik fanlari, Tanlov fanlar, Ilmiy faoliyat kabi bir nechta fan bloklari bor.
- Kod: Fanlar blokining ketma-ketlik raqami kiritiladi, masalan: 1.00
Kerakli ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada fanlar bloki tizimga saqlanadi va fanlar bloki ro‘yxatiga qo‘shiladi (2-rasm).
2-rasm. Fanlar blokini yaratish.
Xuddi shu ketma-ketlikda barcha fanlar bloki shakllantirib olinadi
Fanlar blokini taxrirlash
Fanlar bloklarini tahrirlash uchun fanlar bloki ro‘yxatidan tahrirlash talab qilinayotgan fanlar bloki kodiga bosiladi va fanlar blokining ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Ma’lumotlar ustida tegishli tahrirlashlar yakunlanganidan so‘ng fanlar bloki ma’lumotlarini qayta saqlash uchun Saqlash tugmasi bosiladi.
Fanlar blokini o‘chirish
Fanlar bloklarini tahrirlash uchun fanlar bloki ro‘yxatidan tahrirlash talab qilinayotgan fanlar bloki kodiga bosiladi va fanlar blokining ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm). Ma’lumotlar ustida tegishli tahrirlashlar yakunlanganidan so‘ng fanlar bloki ma’lumotlarini qayta saqlash uchun O’chirish tugmasi bosiladi