Ilmiy loyihalar ma’lumotlarini boshqarish

Ilmiy loyihani qo‘shish

Ilmiy loyihani qo‘shish tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusi orqali amalga oshiriladi.

1-rasm. Ilmiy loyihani qo‘shish

Ilmiy loyihani qo‘shish uchun +Loyiha qo’shish tugmasini tanlang va loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagicha kiriting:

  • Nomi maydoniga ilmiy loyiha nomini kiriting;
  • Loyiha raqami maydoniga loyiha raqamini kiriting;
  • Kafedra / Bolim maydonidan kafedrani tanlang;
  • Loyiha turi maydonidan loyiha turini tanlang;
  • Toifa maydonidan loyiha toifasini tanlang;
  • Valyuta maydonidan loyihaning moliyaviy valyuta turini tanlang;
  • Kontrakt raqami maydoniga shartnoma raqamini kiriting;
  • Kontrakt sanasi maydoniga shartnoma sanasini kiriting;
  • Boshlanish sanasi maydonidan loyihaning boshlanish sanasini tanlang;
  • Tugash sanasi maydonidan loyihaning tugash sanasini tanlang.

Barcha ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada ilmiy loyiha qo‘shiladi (2-rasm.)

2-rasm. Ilmiy loyihani qo‘shish

Ilmiy loyihalar ro‘yxatini ko‘rish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusini tanlang (3-rasm).

3-rasm. Ilmiy loyihalar ro‘yxati

Yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida barcha ilmiy loyihalarni kiritish  mumkin.

Ilmiy loyihani tahrirlash

Ilmiy loyihani tahrirlash uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusini tanlash orqali ilmiy loyihalar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ilmiy loyihalar ro‘yxatidan ilmiy loyihani tanlash orqali ilmiy loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rish oynasiga o‘ting (4-rasm).

4-rasm. Ilmiy loyiha to‘g‘risidagi ma’lumot

O‘zgartirish tugmasini tanlash orqali ilmiy loyihalarni tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.

Ilmiy loyihani o‘chirish

Ilmiy loyihani o‘chirish uchun ilmiy loyihalar ro‘yxatidan ilmiy loyihani tanlash orqali tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini bosing.

 

Loyihaning ijrochilari va moliyaviy ma’lumotlarini boshqarish

Loyihaning ijrochilari va moliyaviy ma’lumotlarini kiritish

Loyihaning ijrochilari va moliyaviy ma’lumotlarini shakllantirish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusini tanlash orqali ilmiy loyihalar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ilmiy loyihalar ro‘yxatidan ilmiy loyihani tanlang, natijada quyidagicha oyna paydo bo‘ladi (5-rasm).

5-rasm. Loyiha ma’lumotlarini kiritish oynasi

Loyihaning moliyaviy ma’lumotlarini qo‘shish uchun oynaning o‘ng tomonida joylashgan Moliyaviy ma’lumotlar qismidan +Loyihani to‘ldirish  tugmasini tanlang. Natijada loyihaning moliyaviy ma’lumotlarini to‘ldirish oynasi paydo bo‘ladi (6-rasm).

Moliyaviy ma’lumotlarni to‘ldirish oynasida:

  • Hisobot yili maydonidan yilni tanlang;
  • Budjet maydoniga loyiha budjetini kiriting;
  • Ijrochilar soni maydoniga ijrochilar sonini kiriting.

Saqlash  tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (6-rasm).

6-rasm. Loyihaning moliyaviy ma’lumotini kiritish.

Yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida loyihalarning moliyaviy ma’lumotlarini kiriting.

Loyihaning moliyaviy ma’lumotini tahrirlash

Loyihaning moliyaviy ma’lumotini tahrirlash uchun 6-rasmda keltirilgan loyihaning moliyaviy ma’lumotini tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tumasini tanlang.

Loyihaning moliyaviy ma’lumotni o‘chirish

Loyihaning moliyaviy ma’lumotini o‘chirish uchun 6-rasmda keltirilgan loyihaning moliyaviy ma’lumotini tahrirlash oynasidan O‘chirish tumasini tanlang.

Loyiha ijrochilarini kiritish

Loyiha ijrochilarini kiritish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusini tanlash orqali ilmiy loyihalar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ilmiy loyihalar ro‘yxatidan ilmiy loyihani tanlash orqali ilmiy loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rish oynasiga o‘ting (4-rasm). Loyiha to‘g‘risidagi ma’lumot oynasidan +Ijrochi qoshish tugmasini tanlang. Natijada loyiha ijrochilarini qo‘shish oynasi paydo bo‘ladi (7-rasm).

7-rasm. Loyiha ijrochilarini qo‘shish oynasi

Loyiha ijrochilarini shakllantirishda quyidagi ma’lumotlarni kiriting:

  • Ijrochi turi: ijrochi turini tanlang masalan;
  • Ijrochi F.I.SH: ijrochi F.I.Shni tanlang masalan;
  • Ijrochi toifasi: ijrochi toifasini tanlang;
  • boshlanish sanasi: boshlanish sanasini tanlang masalan;
  • Tugash sanasi: tugash sanasi tanlang masalan;

Saqlash tugmasini tanlang. Natijada ekranda quyidagicha oyna paydo bo‘ladi (8-rasm).

8-rasm. Loyiha ijrochilarini kiritish oynasi

Ijrochilarni kiritishda ijrochilar toifasi muhim rol o‘ynaydi. Agar ijrochi ish faoliyatini joriy OTMda olib borsa Ijrochi turi maydonidan  o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki talaba kabi turi tanladi. So‘ngra ijrochining F.I.Sh maydoni aktiv holatga keladi va ro‘yxatdan zarur ijrochi tanlanadi. Agar ijrochi OTM miqyosida emas, boshqa joydan bo‘lsa  Ijrochi turi maydonidan  Boshqa degan turini tanlash kerak. Shunda ijrochining F.I.Sh maydoni blok holatida bo‘ladi, Tashqi ijrochi maydoni esa aktiv holatda bo‘ladi. Tashqi ijrochining F.I.Sh. Tashqi ijrochi maydoniga kiritiladi.

Loyiha haqida to‘liq ma’lumotlarni ko‘rish uchun tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy loyihalar menyusini tanlang (3-rasm). Loyihalar ro‘yxatidan loyihani tanlash orqali loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rish oynasiga o‘ting (9-rasm).

9-rasm. Loyiha to‘g‘risida ma’lumot

Yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida loyihalarni kiritish va loyihaning moliyaviy ma’lumotlari hamda ijrochilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirib olish mumkin.

Loyiha ijrochilarini tahrirlash

Loyiha ijrochilarini tahrirlash uchun 8-rasmda keltirilan loyiha ijrochilarini tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tumasini tanlang.

Loyiha ijrochilarini o‘chirish

Loyiha ijrochilarini o‘chirish uchun 8-rasmda keltirilgan loyihaning moliyaviy ma’lumotni tahrirlash oynasidan O‘chirish tumasini tanlang.