Fanga biriktirish ma’lumotlarini shakllantirish
Talabalarni fanlarga biriktirish
Butun o‘qish davomida talabalarning fanlardan o‘zlashtirishlarini qayd qilib borish uchun har bir semestrda talabalarni o‘quv rejaning joriy semestrdagi fanlariga biriktirib borish zarur. Talabalarni fanlarga biriktirish har bir semestr boshlanishidan oldin bir marta amalga oshiriladi.
Talabalarni fanlarga biriktirish uchun O‘quv Jarayoni / Fanga biriktirish menyusi tanlanadi va shundan so‘ng talabalarni fanlariga biriktirish oynasi ochiladi (1-rasm).
1-rasm. Talabalarni fanlarga biriktirish oynasi
Ushbu oynaning Guruhdagi talabalar qismida joylashgan quyidagi maydonlarga tegishli ma’lumotlar kiritiladi (2-rasm), bunda:
- O‘quv rejani tanlang: talabalar tahsil olayotgan mos o‘quv reja tanlanadi;
- O‘quv yilini tanlang: talabalar tahsil olayotgan mos o‘quv yili tanlanadi;
- Semestrni tanlang: talabalar tahsil olayotgan mos o‘quv semestri tanlanadi;
- Guruhni tanlang: talabalarning mos akademik guruhi tanlanadi;
Keltirilgan maydonlarning tegishli ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng oynada tanlangan guruhdagi talabalar ro‘yxati va o‘quv rejaning tanlangan semestridagi fanlari ro‘yxati paydo bo‘ladi.
Talabalar ro‘yxatidan fanlarga biriktirilishi kerak bo‘lgan talabalar tanlanadi, buning uchun talaba familiyasi oldidagi katakka tanlash belgisi qo‘yiladi (2-rasm).
Talabga qarab guruhdagi talabalarning barchasini birgalikda tanlash yoki ayrim talabalarni alohida tanlab ham fanlarga biriktirish mumkin. Talabalarning barchasini birgalikda tanlash uchun Talaba nomli talabalar ro‘yxati ustuni sarlavhasi oldidagi katakka tanlash belgisi o‘rnatiladi va shundan so‘ng ro‘yxatdagi barcha talabalar tanlanadi.
Oynaning O‘quv rejadagi fanlar qismidan talabalar biriktirilishi kerak bo‘lgan fanlar tanlanadi, buning uchun fan nomi oldidagi katakka tanlash belgisi qo‘yiladi (2-rasm). Talabga qarab, talabalarni barcha fanlarga birgalikda biriktirish yoki alohida fanlarni tanlab ham biriktirish mumkin.
Talabalar uchun majburiy toifadagi fanlarning barchasi biriktirilishi zarur. Tanlov toifasidagi fanlar guruhidan esa istalgan bitta fan tanlanishi mumkin. Tanlov fanlari guruhi alohida ranglar bilan ajratilgan. Tizim faqatgina tanlov fanlar guruhidagi fanlarning bittasini tanlashga ruxsat beradi.
2-rasm. Talabalarni fanlarga biriktirish oynasi
Oynadagi barcha ishlar bajarib bo‘lingandan so‘ng OK knopkasini bosish orqali tanlangan talabalar tanlangan fanlarga biriktiriladi va oynaning Fanga ro‘yxatdan o‘tkazilgan talabalar qismida tegishli ma’lumotlar paydo bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm. Talaba fanlarga biriktirilganlik xolati
Bunda Fanlarni tanlang filtri yordamida tanlangan fanlar kesimida unga biriktirilgan talabalar ro‘yxatini ko‘rish mumkin.
Biriktirilgan fanni o‘chirish
Agar talaba fanga noto‘g‘ri biriktirilgan holatlar aniqlanadigan bo‘lsa u holda talaba fanlarga biriktirilganlik xolati oynasida keltirilgan fanga biriktirilgan talabalar ro‘yxatining oxirgi ustunida keltirilgan O‘chirish (korzina) belgisini bosish orqali tegishli talabaning fanga biriktirilgan ma’lumotini o‘chirish mumkin. Shundan so‘ng zarurat bo‘ladigan bo‘lsa xuddi yuqorida keltirilgan tartibda talabani qaytadan boshqa fanga biriktirish mumkin.
Muhim! Talabalarning fanlarga biriktirish ma’lumotlaridan dars jadvalini tuzishda hamda fanlarning o‘quv resurslari va topshiriqlarini shakllantirishda foydalaniladi. Agar ushbu ma’lumotlar shakllantirilib bo‘lingan bo‘lsa u holda talabaning fanlarga biriktirish ma’lumotlarini o‘zgartirish yoki o‘chirish taqiqlanadi.