Bazaviy stipendiya ma’lumotlarini boshqarish
Bazaviy stipendiya belgilash
Bazaviy stipendiya belgilash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Stipendiya bazaviy menyusini tanlang (1-rasm).
1-rasm. Bazaviy stipendiya tayinlangan talabalar ro‘yxati
+Stipendiya belgilash tugmasini tanlash orqali stipendiya tayinlash oynasiga o‘ting va filtrlar orqali guruhdagi talabalar ro‘yxatini hosil qiling (2-rasm).
2-rasm. Stipendiya tayinlash
Stipendiya tayinlash uchun talaba qatoriga tegishli ma’lumotlarga e’tibor berish kerak. Talabaga stipendiya tayinlash qarorini stipendiya tayinlovchi shaxs talabaning Akad.qarz, Kont. qarz, Baho 30% Fan kabi ma’lumotlari asosida qabul qilishi kerak. Agar ushbu maydon ma’lumotlari natijasi talabaga stipendiya tayinlashga imkon bersa stipendiya tayinlash kerak, aks holda (masalan akademik qarzdor yoki shunga o‘xshash ma’lumot) stipendiya tayinlash kerak emas. Agar talabaga stipendiya tayinlashga biror bir cheklash holatlari bo‘lmasa, stipendiya tayinlash oynasidan talabaning stipendiya turini tanlang va muddatlarida o‘zgarish bo‘lsa muddatini o‘zgartiring, o‘zgarish bo‘lmasa ro‘yxatdan talabani tanlang va Belgilash tugmasini tanlang. Natijada talabaga stipendiya tayinlanadi (3-rasm).
3-rasm. Talaba stipendiyasi to‘g‘risida ma’lumot
Talabaning stipendiya anketasini ko‘rish uchun talabalar ro‘yxatidan talabani tanlang. Natijada talabaning stipendiya anketasi ochiladi (4-rasm).
4-rasm. Talabaning stipendiya anketasi
Natijada talabaning stipendiya anketasida talabaga stipendiya avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Talaba stipendiyasi qiymatini tahrirlash
Talaba stipendiyasi qiymatini tahrirlash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Stipendiya bazaviy menyusini tanlash orqali stipendiya tayinlangan talabalar ro‘yxatiga o‘ting (1-rasm). Talabalar ro‘yxatidan talabani tanlash orqali stipendiya anketasi oynasiga o‘ting (4-rasm). Oynaning Stipendiya ro‘yxati qismidan tahrirlanishi kerak bo‘lgan oyni tanlash orqali stipendiya qiymatini o‘zgartirish oynasiga o‘ting (5-rasm).
5-rasm. Stipendiya qiymatini o‘zgartirish
Stipendiya qiymatini o‘zgartirish oynasidan stipendiya qiymatini yoki tayinlash oyini o‘zgartiring va Saqlash tugmasini tanlang. Natijada stipendiya qiymati va oyi o‘zgaradi.
Talabaga stipendiya qo‘shish talabaning stipendiya anketasidan Stipendiya qo‘shish tugmasini tanlash orqali amalga oshiriladi (4-rasm).
Talaba stipendiyasi qiymati va ma’lumotlarini o‘chirish
Talaba stipendiyasi ma’lumotini o‘chirish uchun birinchi navbatda talabaga tegishli barcha stipendiya qiymatlarini o‘chirish kerak. Buning uchun 4-rasmda ketirilgan talabaning stipendiya anketasidan stipendiya tayinlangan oyni tanlash orqali stipendiya qiymatini tahrirlash oynasiga o‘ting (5-rasm) va O‘chirish tugmasini tanlash orqali stipendiya qiymatini o‘chiring. Xuddi shu usulda barcha oylarning stipendiya qiymatini o‘chirib chiqing. Shundan so‘ng talabaning stipendiya anketasi oynasidan O‘chirish tugmasini tanlash orqali stipendiya ma’lumotini o‘chiring (4-rasm).