O‘quv reja ma’lumotlarini boshqarish

O‘quv reja yaratish

O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy jarayonlardan biri bu o‘quv rejani yaratish hisoblanadi. O‘quv reja bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun yaratiladi.

 O‘quv rejani yaratish tizimning O‘quv jarayoni/O‘quv reja menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. O‘quv reja yaratish oynasi.

O‘quv reja yaratish uchun +O‘quv reja yaratish tugmasi  bosiladi va natijada “O‘quv rejani kiritish oynasi” ekranda hosil bo‘ladi (2-rasm).

2-rasm. O‘quv rejani kiritish oynasi

O‘quv rejaning  ma’lumotlarini kiritish quyidagicha amalga oshiring:

  • Nomi maydoniga o‘quv reja nomini kiriting (o‘quv rejaning nomida ta’lim yo‘nalishining qisqa nomi, ta’lim turining nomi, o‘quv yili va ta’lim shaklining nomi bo‘lishi tavsiya etiladi);
  • Mutaxassislik maydonidan mutaxassislik nomi tanlanadi, agar ro‘yxatda xech qanday mutaxassislik bo‘lmasa u xolda dastlab tizimga mutaxassislikni kiritib olish zarur;
  • Kvalifikatsiyalar maydonidan kvalifikatsiya nomi tanlanadi, agar ro‘yxatda xech qanday kvalifikatsiya bo‘lmasa u xolda dastlab tizimga kvalifikatsiyani kiritib olish zarur;
  • O‘quv yili maydonidan o‘quv reja tasdiqlangan o‘quv yilini tanlang;
  • Ta’lim shakli maydonidan o‘quv reja tegishli bo‘lgan ta’lim shakli tanlanadi (kunduzgi, sirtqi, kechki va boshqalar);
  • Baholash tizimi maydonidan o‘quv rejaning baholash tizimi tanlanadi (100 ballik baholash tizimi, 5 ballik baholash tizimi, kredit baholash tizimi);
  • O‘qish muddati (yil) maydoniga o‘quv rejaning o‘qish muddati kiritiladi, masalan bakalavr uchun 4 yil, magistr uchun 2 yil. Bunda sonning o‘zini kiritish talab etiladi;
  • Semestrlar soni maydonidan o‘quv rejadagi semestrlar soni kiriting, masalan bakalavr uchun 8 ta semestr, magistr uchun 4 ta semestr;
  • Kuzgi davr maydonidan kuzgi semestrning boshlanish va tugash sanasini belgilang;
  • Baxorgi davr maydonidan bahorgi semestrning boshlanish va tugash sanasi beligilang (3-rasm).

O‘quv rejaga tegishli ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi va natijada o‘quv reja yaratiladi (3-rasm).

3-rasm. o‘quv rejani shakllantirish

O‘quv rejani saqlash vaqtida tizim avtomatik ravishda quyidagi ma’lumotlarni shakllantiradi:

  • Ko‘rsatilgan o‘quv yilidan boshlab o‘qish muddatiga mos ravishda keyingi o‘quv yillari ro‘yxatini yaratadi. Buni O‘quv jarayoni/O‘quv yili menyusida ko‘rish mumkin;
  • Ko‘rsatilgan semestrlar soni, kuzgi davr va bahorgi davr muddatlariga mos ravishda o‘quv rejaning semestrlari ro‘yxatini yaratadi. Buni O‘quv jarayoni/Semestrlar menyusida ko‘rish mumkin.

Yaratilgan o‘quv rejalarni ko‘rish tizimning O‘quv jarayoni/O‘quv reja menyusi orqali amalga oshiriladi (4-rasm).

4-rasm. O‘quv rejalar ro‘yxati

Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida barcha o‘quv reja yaratib chiqiladi.

O‘quv rejani taxrirlash

O‘quv rejani taxrirlash uchun o‘quv rejalar ro‘yxatidan tegishli o‘quv reja tanlanadi. Natijada o‘quv rejaning taxrirlash oynasi ochiladi (3-rasm).

O‘quv rejani taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali o‘quv reja ma’lumotlarini saqlang.

O‘quv rejani o‘chirish

O‘quv rejani taxrirlash uchun o‘quv rejalar ro‘yxatidan tegishli o‘quv reja tanlanadi. Natijada o‘quv rejaning taxrirlash oynasi ochiladi (3-rasm).

O‘quv rejani taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va O’chirish tugmasi tanlash orqali o‘quv reja ma’lumotlarini saqlang (3-rasm).

Muhim! Tizimda o‘chirilayotgan o‘quv reja bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lsa u holda ushbu o‘quv rejani o‘chirishga ruxsat berilmaydi. Bunday hollarda o‘quv rejani o‘chirish uchun dastlab unga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni o‘chirish tavsiya etiladi.

O‘quv rejalar ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik negizida har bir ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki, ...) uchun alohida tuziladi.

O‘quv reja semestrlarini shakllantirish

O‘quv rejani yaratish jarayonida semestrlar avtomatik tarzda shakllanadi. Yaratish jarayonida semestrlar soni va muddatini kiritish talab etiladi. Semestrlarda biror bir o‘zgartirish kiritish uchun O‘quv jarayoni/O‘quv reja menyusi tanlanadi. Natijada o‘quv rejalar ro‘yxati shakllangan sahifa ochiladi (5-rasm).

5-rasm. O‘quv rejalar ro‘yxati .

O‘quv rejaning semestrini o‘zgartirish uchun o‘quv rejalar ro‘yxatidagi Tasdiq tugmasini o‘chirib qo‘yish zarur. O‘quv rejaning semestrini ko‘rish uchun Actions ustunida joylashgan Semestr tugmasini tanlang. Natijada semestrlar ro‘yxati sahifasi ochiladi (6-rasm).

6-rasm. Semestrlar ro‘yxati

Semestrni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz semestrlar ro‘yxatidan Tasdiq tugmasini o‘chirib qo‘yish kerak, masalan 1-semestrni o‘chirib qo‘yamiz (7-rasm).

7-rasm. Semestrlar ro‘yxati

Semestrlar ro‘yxatidagi Tasdiq tugmani o‘chirilgandan so‘ng 1-semestr ni tanlang. Natijada semestrlarni tahrirlash sahifasi ochiladi (8-rasm).

8-rasm. Semestrlarni tahrirlash

Semestrlarni tahrirlash sahifasida biror bir o‘zgarishni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang. Natijada tanlangan semestr tahririlanadi.

Semestrlarni o‘chirish

Semestrlarni o‘chirish uchun Semestrlarni tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlash kerak.

Muhim! Semestrlar o‘quv jarayonini tashkil etishdagi eng muhim faktorlar biri hisoblanadi. Shu sababli semestrlar bilan bog‘langan boshqa ma’lumotlar bo‘lsa semestrni o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘quv rejaning hafta kunlarini sozlash

O‘quv reja hafta kunlarini sozlash uchun tizimning O‘quv jarayoni / O‘quv reja menyusi tanlang (9-rasm).

9-rasm. O‘quv rejalar ro‘yhati

Paydo bo‘lgan o‘quv rejalar ro‘yhatigi o‘quv rejaning Xafta tugmasi bosiladi. O‘quv rejaning xafta sahifasiga qaraydigan bo‘lsak mashg‘ulotlar o‘tiladigan xaftalarga nazariy ta’lim, o‘tilmaydigan turida esa ta’til, semestrda esa berilmagan yozuvi bor. Xaftani sozlash uchun xaftalar ro‘yxatidan 1-xaftani tanlang  (10-rasm).

10-rasm. Xaftalar  ro‘yxati sozlash oynasi

1-xaftani tanlangandan so‘ng, xaftaga tegishla parametrlar ro‘yxatidan semestr va xafta turini o‘quv grafigiga qarab o‘zgartirish kerak, masalan semestrni 1-semestrga, xaftani ta’til yoki kredit tizimiga kirish turiga o‘zgartirib Saqlash tugmasini bosish kerak. Shu usulda o‘quv grafigiga asosan xaftalarni sozlab olish kerak (11-rasm).

11-rasm. Xaftalarni sozlash.

Xaftalarni sozlashda xaftalar turi maydonida nazariy ta’lim, attestatsiya, malakaviy amaliyot, davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi ximoyasi, ta’til, kredit, tizimga kirish, ilmiy amaliyot, boshqa kabi xafta turlari mavjud. O‘quv rejaning xafta kunlari OTM o‘quv grafiga asosan shakllantirib olinadi (12-rasm).

12-rasm. 1-semestr xafta kunlari

Muhim! O‘quv yili boshlanishidan oldin albatta o‘quv grafigiga asosan xafta kunlarini sozlab olish kerak.

O‘quv rejaning fanlar bloklarini shakllantirish

Axborot tizimining “O‘quv reja” menyusi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarining fanlar bloki ro‘yxatini shakllantirish amalga oshiriladi.

O‘quv reja fanlar blokini kiritish uchun tizimning O‘quv jarayoni / O‘quv reja menyusi tanlanadi (13-rasm).

13-rasm. O‘quv rejalar ro‘yxati

Paydo bo‘lgan oynadan o‘quv rejaning Fanlar bloki tugmasi tanlanadi, so‘ngra  o‘quv reja fanlar bloklarini kiritish oynasi ochiladi (14-rasm).

Fanlar bloki ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:

  • O‘quv reja maydonidan o‘quv rejani tanlang;
  • Fanlar bloki maydonidan fanlar blokini tanlang. Tizimda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari, qo‘shimcha fanlar, umummetodologik fanlar, mutaxassislik fanlari, tanlov fanlar, Ilmiy faoliyat kabi bir nechta fanlar bloki bor.
  • Kod: Fanlar blokining ketma-ketlik raqami kiritiladi, masalan: 1.00

Kerakli ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash  tugmasini tanlang. Natijada fanlar bloki tizimga saqlanadi va fanlar bloki ro‘yxatiga qo‘shiladi (14-rasm).

14-rasm. Fanlar blokini tashkil etish.

Xuddi shu ketma-ketlikda barcha fanlar bloki shakllantirib olinadi

O‘quv reja fanlar blokini taxrirlash

O‘quv reja fanlar bloklarini tahrirlash uchun tizimning O‘quv jarayoni / O‘quv reja menyusi tanlanadi va paydo bo‘lgan oynadagi tegishli o‘quv rejaning Fanlar bloki tugmasi bosiladi (13-rasm). Shundan so‘ng “O‘quv reja fanlar bloklarini tahrirlash oynasi” ochiladi. Ushbu oynadagi tahrirlash talab qilinayotgan fanlar bloki kodiga bosiladi va fanlar blokining ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (14-rasm).  Ma’lumotlar ustida tegishli tahrirlashlar yakunlanganidan so‘ng fanlar bloki ma’lumotlarini qayta saqlash uchun Saqlash tugmasi bosiladi.

O‘quv rejaning fanlar bloklarini o‘chirish

O‘quv reja fanlar bloklarini tahrirlash uchun tizimning O‘quv jarayoni / O‘quv reja menyusi tanlanadi va paydo bo‘lgan oynadagi tegishli o‘quv rejaning Fanlar bloki tugmasi bosiladi (13-rasm). Shundan so‘ng “O‘quv reja fanlar bloklarini tahrirlash oynasi” ochiladi. Ushbu oynadagi tahrirlash talab qilinayotgan fanlar bloki kodiga bosiladi va fanlar blokining ma’lumotlari tahrirlash maydonlariga yuklanadi (14-rasm).

Shundan so‘ng O’chirish tugmasini bosish orqali tanlangan fanlar bloki tizimdan o‘chiriladi.

O‘quv rejaning fanlarini shakllantirish

O‘quv reja fanlarini kiritish uchun O‘quv jarayoni/O‘quv reja menyusi tanlanadi (15-rasm).

15-rasm. O‘quv reja ro‘yxati

Paydo bo‘lgan oynadan o‘quv rejaning Fanlar tugmasi tanlanadi, so‘ngra  o‘quv reja fanlarini kiritish oynasi ochiladi (16-rasm).

16-rasm. Fanlarni kiritish

O‘quv rejaning mos semestriga fanlarni kiritish uchun fanlar ro‘yxatidan tegishli fanlarni birin-ketin sichqoncha bilan ushlab semestr ichiga olib kelib tashlash zarur. Shundan so‘ng semestr tarkibiga tanlangan fanlar qo‘shiladi (16-rasm).

Agar fanlar ro‘yxati juda uzun bo‘lib ketgan bo‘lsa u holda ro‘yxat yuqorisidagi filtrdan tegishli Fanlar guruhini tanlab fanlarni filtrlash ham mumkin (17-rasm).

17-rasm. O‘quv reja fanlari ro‘yxati

Xuddi shu ketma-ketlik asosida o‘quv rejaning barcha semestrdagi fanlari shakllantirilib olinadi.

Semestr fanini o‘chirish

Semestr fanini o‘chirish uchun 17-rasmda keltirilgan o‘quv reja fanlari ro‘yxatidan fanni tanlang. Natijada fanning sillabusi oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan O’chirish tugmasini tanlash kerak (18-rasm).

Fanning sillabus ma’lumotlarini kiritish

O‘quv reja semestriga zaruriy fanlar qo‘shib bo‘linganidan so‘ng har bir fanning sillabus ma’lumotlarini kiritish talab etiladi. Buning uchun 17-rasmda keltirilgan semestr ichidagi fanning nomiga sichqoncha bilan bosiladi va fan ma’lumotlarini kiritish oynasini ochiladi (18-rasm).

18-rasm. Fan ma’lumotlarini kiritish oynasi

Fanlar ma’lumotlarini kiritish oynasidagi maydonlarga fanning quyidagi sillabus ma’lumotlari kiritiladi, bunda:

  • Kafedra/Bo‘lim: fan mashg‘ulotlarini olib boradigan kafedra nomi;
  • Fanlar bloklari: fan tegishli bo‘lgan fanlar bloki nomi;
  • Fan turi: fan turi nomi (masalan: majburiy, tanlov va boshqalar);
  • Qaydnoma turi: ushbu fandan talabalar o‘zlashtirish natijalarini kiritish qaydnomasi turi (masalan: fan qaydnomasi, kurs ishi qaydnomasi, malakaviy amaliyot qaydnomasi, davlat imtihoni qaydnomasi, bitiruv ishi qaydnomasi);
  • Kredit: fanning kredit birligi;
  • Umumiy yuklama: mashg‘ulotlar yuklamalarining yig‘indisi, tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi;
  • Faol: fanning faol yoki nofaolligi belgilanadi. Odatda o‘quv jarayoni boshlanishida faol ko‘rinishda bo‘ladi
  • Yakuniy baholash turi: semestr yakunida fan bo‘yicha talabalar o‘zlashtirish baholanadigan bo‘lsa imtihon turi belgilanadi, agar baholanmaydigan bo‘lsa zachet turi belgilanadi;
  • Semestr fani: agar kiritilayotgan fan dars jadvaliga qo‘yiladigan fan bo‘lsa u holda ushbu parametr o‘rnatiladi, agar kurs ishi va malakaviy amaliyot kabi dars jadvaliga qo‘yilmaydigan fan bo‘lsa u holda bu parametr o‘rnatilmaydi;
  • Fanni tasdiqlash: ushbu parametrni o‘rnatish orqali fanni tasdiqlash va uning boshqa ma’lumotlarini o‘zgartirishni taqiqlab qo‘yish mumkin;
  • Vaqtni taqsimlash: keltirilgan mashg‘ulot turlarining moslari tanlanadi va ularning soatlari kiritiladi;
  • Reytingni taqsimlash: keltirilgan nazorat turlarining moslari tanlanadi va reyting ballari kiritiladi. Bunda ushbu fandan semestr davomida bir marta nazorat o‘tkaziladigan bo‘lsa u holda joriy nazorat va oraliq nazorat tanlanadi. Agar ikki marta nazorat o‘tkaziladigan bo‘lsa u holda 1-jn, 2-jn, 1-on, 2-on tanlanadi va tegishli ballar kiritiladi. Nazorat turlariga kiritilayotgan reyting ballarining umumiy yig‘indisi 100 baldan oshmasligi zarur.

Natijada quyidagicha ma’lumotlar shakllanadi (19-rasm).

 

19-rasm. Sillabus ma’lumotlarni kiritish

Maydonlarga tegishli ma’lumotlar kiritib bo‘linganidan so‘ng Saqlash tugmasini bosish orqali fanning sillabus ma’lumotlari tizimga saqlanadi. Xuddi shu ketma-ketlikda barcha fanlar sillabusi shakllantiriladi. Fanlar ro‘yxatini ko‘rish uchun 15-rasmda keltirilgan o‘quv reja sahifasidan o‘quv rejaning fanlar tugmasi tanlanadi. Natijada o‘quv reja fanlarini kiritish oynasi ochiladi (20-rasm).

20-rasm. Fanlar ro‘yxati.

Fanning sillabus ma’lumotlari saqlangandan so‘ng o‘quv reja semestridagi fanning nomida fanning umumiy yuklamasi, fan krediti va majburiy yoki tanlov fani belgisi paydo bo‘ladi (20-rasm).

Kredit baholash tizimi o‘rnatilgan o‘quv rejalarda fanning sillabus ma’lumotlarini saqlashda tizim tomonidan o‘quv rejaning nazariy ta’lim haftalari soni, fanning kredit birligi va fan umumiy yuklamasining mutanosibligi tekshiriladi. Bunda quyidagi qonuniyat bajarilganda saqlashga ruxsat beriladi:

Fanning umumiy yuklamasi = Nazariy ta’lim xaftalar soni * 2 * kredit.

Fanning sillabus ma’lumotlarini taxrirlash

Fanning sillabus ma’lumotlarini tahrirlash uchun  20-rasmda keltirilgan o‘quv reja semestri tarkibidagi tegishli fanning nomiga bosamiz va “Fanning sillabus ma’lumotlarini tahrirlash oynasi”ni ochamiz (21-rasm).

21-rasm. Fanning sillabus ma’lumotlarini tahrirlash oynasi

Ushbu tahrirlash oynasida fanning tegishli sillabus ma’lumotlari tahrirlanadi va ma’lumotlarni qayta saqlash uchun Saqlash tugmasi bosiladi.

 

O‘quv reja fanlarini o‘chirish

O‘quv rejadagi talab qilinayotgan fanni o‘chirish uchun o‘quv reja semestri tarkibidagi tegishli fanning nomiga bosamiz (20-rasm) va “Fanning sillabus ma’lumotlarini tahrirlash oynasi”ni ochamiz (21-rasm).

Fanni o‘chirish uchun ushbu tahrirlash oynasidagi O’chirish tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng fan bilan birga uning sillabus ma’lumotlari ham o‘quv rejadan o‘chiriladi.

Tanlov fanlarini guruhlash

O‘quv reja semestriga ikkitadan ortiq tanlov fani (20-rasm) kiritilgan bo‘lsa talabalar tomonidan tanlash imkoniyatini berish uchun ushbu tanlov fanlarini guruhlash zarur. Bunda guruhlanadigan tanlov fanlarining toifasi va sillabus ma’lumotlari bir xil bo‘lishi shart. Tanlov fanlari guruhlangandan so‘ng o‘quv rejaning umumiy yuklamasiga ushbu guruhdagi fanlardan bittasining yuklamasi va krediti qo‘shiladi hamda talabalarga ushbu guruhdagi fanlarning bittasini tanlash imkoniyati beriladi.

O‘quv reja semestridagi tanlov fanlarni guruhlash uchun 20-rasmda keltirilgan oynadan tanlov fanlaridan birining nomiga bosiladi va paydo bo‘lgan fanning sillabus ma’lumotlarini kiritish oynasining “Tanlov fanlarni guruhlash” qo‘shimcha oynasiga o‘tiladi (22-rasm).

Shundan so‘ng Guruhda maydoniga bosamiz va paydo bo‘lgan fanlar ro‘yxatidan tanlangan fan bilan guruhlanishi lozim bo‘lgan fanlarni birin-ketin tanlaymiz, masalan Falsafa.

22-rasm. Tanlov fanlarini guruhlash oynasi

Guruhlanadigan fanlar tanlab bo‘lingandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada ekranda quyidagicha ma’lumot paydo bo‘ladi (3.5.30-rasm).

3.5.30-rasm. O‘quv reja semestrining fanlar ro‘yxati

Tanlov fanlar guruhlangandan so‘ng bitta guruhga kiruvchi fanlarning fon rangi bir xil tusga o‘tadi hamda semestrning umumiy yuklamasida guruhdagi bitta fanning yuklamasi va kreditlari hisobga olinadi, misol uchun 3.5.30-rasm kelitirilga fanlarning umumiy kreditini hisoblasak 42, lekin tizim 36 hisoblayapti. Buning sababi tanlov fani borligida.

Muhim!

  1. Fan o‘chirilayotganda tizimda unga bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lsa u holda ushbu fanni o‘chirishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun fan va unga bog‘liq boshqa ma’lumotlarni kiritishda mas’uliyat bilan yondoshish kerak.
  2. Tanlov fanlari guruhlangandan so‘ng fanni guruhdan chiqarishning imkoni mavjud emas. Shuning uchun tanlov fanlarning o‘zgarmasligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng guruhlashni amalga oshirish tavsiya etiladi.