Bino ma’lumotlarini boshqarish
Bino yaratish
Bino yaratish tizimning Infrastruktura/Bino menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Bino yaratish
Binolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring.
- Nomi maydoniga bino nomining kiriting;
- Shahar maydoniga OTM manzilini kiriting;
Saqlash tugmasi tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasm. Bino ma’lumotlarini shakllantirish
Yaratilgan binolar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Infrastruktura/Bino menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Binolar ro‘yxati
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida OTMning barcha binolarini yaratib oling.
Bino ma’lumotini tahrirlash
Bino ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Infrastruktura/Bino menyusi tanlash orqali binolar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Binolar ro‘yxatidan binoni tanlash orqali binoning tahrirlash oynasini oching (2-rasm). Tahrirlash oynasidan tahrirlash ishini bajaring va Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotni saqlang
Bino ma’lumotini o‘chirish
Bino ma’lumotlarini o‘chirish uchun tizimning Infrastruktura/Bino menyusi tanlash orqali binolar ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Binolar ro‘yxatidan binoni tanlash orqali binoning tahrirlash oynasini oching (2-rasm). Tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlash orqali bino to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘chiring.
Eslatma. Agar tizimda binoga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim binoni o‘chirishga ruxsat bermaydi. Bunday hollarda binoni o‘chirish uchun dastlab unga bog‘langan ma’lumotlarni o‘chirish zarur.