Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini boshqarish
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini yaratish
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini yaratish tizimning Moliyaviy faoliyat / Shartnoma (bazaviy) menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Shartnoma (bazaviy) oynasi
+Yaratish tugmasini tanlash orqali shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini yaratish oynasiga o‘ting (2-rasm) va shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- Fakultet maydonidan fakultetni tanlang;
- Mutaxassislik maydonidan mutaxassislikni tanlang;
- Ta’lim shakli maydonidan ta’lim shaklini tanlang;
- Talaba toifasi maydonidan talaba toifasini tanlang;
- Koeffitsient maydoniga koeffitsentni kiriting;
- Shartnoma bazaviy summasi maydoniga shartnoma (bazaviy) summasini kiriting.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang (2-rasm).
2-rasmda. Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlari
Yaratilgan shartnomalarni (bazaviy) ko‘rish tizimning Moliyaviy faoliyat / Shartnoma (bazaviy) menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Shartnomalar (bazaviy) ro‘yxati
Yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida fakultet kesimida mutaxassisliklarning shartnomalar (bazaviy) qiymatini shakllantirib oling.
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini tahrirlash
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Moliyaviy faoliyat / Shartnoma (bazaviy) menyusini tanlash orqali shartnomalar (bazaviy) ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ro‘yxatdan mutaxassislikni tanlash orqali shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini tahrirlash oynasiga o‘ting (2-rasm). Tahrirlash oynasidan biror bir tahrirlashni amalga oshiring va Saqlash tugmasini tanlang.
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini o‘chirish
Shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini o‘chirish uchun tahrirlash oynasidan O‘chirish tugmasini tanlang (2-rasm).
Muhim! Agar tizimda shartnoma (bazaviy) ma’lumotlariga bog‘langan ma’lumotlar shakllangan bo‘lsa u xolda tizim shartnoma (bazaviy) ma’lumotlarini o‘chirishga ruxsat bermaydi.