Akademik ma’lumotnoma shakllantirish
Akademik ma’lumotnoma shakllantirish tizimning Akademik arxiv/ Akademik ma’lumotnoma menyusi orqali amalga oshiriladi.
1-rasm. Akademik ma’lumotnoma oynasi
Qo‘shish tugmasini tanlash orqali akademik ma’lumotnoma qo‘shish oynasiga o‘ting va zarur filtrlar orqali talabani toping(2-rasm).
2-rasm. Talabalar ro‘yxati
Talabaning akademik ma’lumotnomasini shakllantirish uchun talaba qatoridan Qo‘shish tugmasini bosish orqali ma’lumotlarni shakllantirish oynasiga o‘ting (3-rasm). Oynada ma’lumotlarni quyidagicha shakllantiring, bunda:
Talaba ma’lumotlari:
- Familiya: talabaning Familiyasi
- Ismi: talabaning Ismi
- Sharifi: talabaning Sharifi;
- Talaba tug‘ilgan sanasi: talabaning tug‘ilgan sanasi;
- Guruh nomi: talabaning guruhi.
OTM ma’lumotlari
- OTM nomi: OTMning nomi;
- O‘qish boshlanish sanasi (hozirgi OTM): maydondan sanani tanlang;
- O‘qish tugash sanasi (hozirgi OTM): maydondan sanani tanlang;
- Kotib(a) F.I.Sh.: maydonga kotib(a)ning F.I.Sh. ni kiriting
- Hozirgi OTMdagi ta’lim shakli: joriy ta’lim shakli;
- Fakultet nomi: joriy fakultetni nomi;
- Dekan F.I.Sh.: Dekan F.I.Sh.;
- O‘qishni ko‘chirib kelgan OTM nomi: o‘qishni ko‘chirib kelgan OTM nomini kiriting (agar talaba boshqa OTMdan ko‘chirilgan bo‘lsa bu maydonga yoziladi, agar joriy OTM talabasi bo‘lsa yozilmaydi);
- O‘qish boshlanish sanasi (Oldingi OTM): maydondan sanani tanlang
- O‘qish tugash sanasi (oldingi OTM): maydondan sanani tanlang;
- O‘qish ko‘chirilgan OTMdagi ta'lim shakli: ta’lim shaklini kiriting (agar talaba ko‘chib kelgan bo‘lsa).
Ta’lim ma’lumotlari
- Shifr: shifr kodi;
- Mutaxassislik nomi: mutaxassislik nomi;
- Avvalgi ta’lim: talabaning avvalgi ta’limi (maktab, kollej, texnikum);
- Chetlashtirish buyrig‘i: maydondan buyruqni tanlang (avval buyruq yaratilgan bo‘lishi kerak);
- Chetlashtirish sababi: maydondan chetlashtirish sababini tanlang;
- To‘plagan ball: maydonga OTMga kirish balini kiriting;
- O‘tish bali: OTMdagi o‘tish balini yozing.
Akademik ma’lumotnoma parametrlari
- Diplom berilgan joy: diplom berilgan joy nomi;
- Blank raqami: maydonga diplom raqamini kiriting;
- Qayd raqami: maydonga qayd raqamini kiriting;
- Qayd sanasi: maydondan sanani tanlang;
- Semestr: maydondan semestrni tanlang;
- Fanlar ro‘yxati dan fanni tanlang.
Barcha ma’lumotlar shakllantirilgan so‘ng Saqlash tugmasini tanlang. Natijada talabaning akademik ma’lumotnomasini shakllanadi (3-rasm
3-rasm. Akademik ma’lumotnoma
Yuklab olish tugmasini tanlash orqali talabaning Akademik ma’lumotnomasini ko‘chirib oling (4-rasm).
4-rasm. Talabaning akademik ma’lumotnomasi