Aylanma varaqa.
Ushbu bo’limda aylanma varaqalar ya’ni bitiruvchi yoki chetlashgan talabalarni Yotoqxona, Kutubxona, Buxgalteriya, Marketing, Registrator ofisi va Dekanatdan qarizdorliklari aniqlanadi (1-rasm).
1-rasm. Aylanma varaqalar ro’yxati.
Aylanma varaqa xar bir talaba uchun yaratiladi. Buning uchun Qo’shish tugmasi bosiladi va kerakli talabalarni tanlab Belgilash tugmasi bosiladi (2-rasm).
2-rasm. Aylanma varaqa yaratish.
Shundan so’ng Aylanma varaqa oynasida talabalar ro’yxati paydo bo’ladi (3-rasm).
3-rasm. Aylanma varaqalar ro’yxati.
Ushbu aylanma varaqalarni tegishli rol egalari qarizdor bo’lmagan talabalarga “izmo” (belgilab) qo’yib tasdiqlashi zarur bo’ladi. Barcha tegishli hodimlar tomonidan talabalar tasdiqlansa barcha Yotoqxona, Kutubxona, Buxgalteriya, Marketing, Registrator ofisi va Dekanat maydonlari “yashil” holatga o’tadi (4-rasm).
4-rasm. Barchasi tasdiqlangan aylanma varaqa.
Shundan so’ng bu aylanma varaqa to’liq tasdiqlanganlini belgilab qo’yish kerak bo’ladi. Buning uchun ro’yxatning oxiridagi “Tasdiq” tugmasi bo’siladi shunda aylanma varaqa to’liq tasdiqlanadi (5-rasm).
5-rasm. To’liq tasdiqlangan aylanma varaqa.