Ilmiy faollik ma’lumotlarini boshqarish
Ilmiy faollik ma’lumotini yaratish
Ilmiy faollik ma’lumotini yaratish tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy faollik menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Ilmiy faollik ma’lumotini yaratish
Ilmiy faollik ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang;
- Ilmiy platforma maydonidan ilmiy platformani tanlang;
- Profil linki maydoniga profil linkini kiriting;
- h-indeks maydoniga indeksni kiriting;
- Ilmiy ishlar soni maydoniga ilmiy ishlar sonini kiriting;
- Iqtiboslar soni maydoniga iqtiboslar sonini kiriting.
Saqlash tugmasini tanlash orqali ma’lumotni saqlang. Natijada ilmiy faollik ma’lumoti shakllanadi (2-rasm).
2-rasm. Ilmiy faollik ma’lumotlarini shakllantirish
Yaratilgan ilmiy faolliklar ro‘yxatini ko‘rish tizimning Ilmiy faoliyat / Ilmiy faollik menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Ilmiy faollik ro‘yxati
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida barcha ilmiy faollikni shakllantirib oling.
Ilmiy faollik ma’lumotlarini tahrirlash
Ilmiy faollik ma’lumotlarini tahrirlash uchun ilmiy faollik ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ro‘yxatdan ilmiy faollikni tanlang va natijada ilmiy faollik ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm).
Ilmiy faollik ma’lumotlarini taxrirlash oynasidan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang.
Ilmiy faollik ma’lumotlarini o‘chirish
Ilmiy faollik ma’lumotlarini o‘chirish uchun ilmiy faollik ro‘yxatiga o‘ting (3-rasm). Ro‘yxatdan ilmiy faollikni tanlang va natijada ilmiy faollik ma’lumotlari taxrirlash maydonlariga yuklanadi (2-rasm).
Ilmiy faollik ma’lumotlarini o‘chirish uchun O’chirish tugmasi bosiladi (2-rasm).