Akademik guruh ma’lumotlarini boshqarish
Akademik guruh ma’lumotlarini shakllantirish.
Akademik guruhlarni shakllantirish Talabalar / Akademik guruhlar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Guruh yaratish oynasi
Guruh yaratish uchun 1-rasmdan +Guruh yaratish tugmasini tanlang. Natijada ekranda akademik guruh ma’lumotlarini kiritish oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). Akademik guruhlarning quyidagi ma’lumotlari kiritiladi, bunda:
- Nomi maydoniga akademik guruhning nomi kiriting;
- O’quv reja maydonidan akademik guruhga tegishli bo‘lgan o‘quv reja tanlang. O‘quv rejani yaratish tizimning o‘quv reja menyusida amalga oshiriladi. Agar o‘quv reja tasdiqlanmagan bo‘lsa bunday o‘quv rejalarni tanlashning imkoni bo‘lmaydi;
- Ta’lim tili maydonidan akademik guruhdagi talabalarning ta’lim olish tilini tanlang (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, ingliz).
Akademik guruh ma’lumotlarini kiritish oynasiga barcha zaruriy ma’lumotlar kiritib bo‘lingandan so‘ng Saqlash tugmasini tanlash orqali guruh ma’lumotlari axborot tizimiga saqlanadi (2-rasm).
2-rasm. Guruhlarni shakllantirish.
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida barcha akademik guruhlar shakllantirib olinadi.
Saqlangan guruhni ko‘rish uchun tizimning Talabalar / Akademik guruhlar menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Akademik guruhlar ruyhati.
Akademik guruh ma’lumotlarini tahrirlash
Akademik guruh ma’lumotlarini tahrirlash uchun akademik guruhlar ro‘yxatidan mos guruh nomiga bosiladi va shundan so‘ng akademik guruh ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (2-rasm). So‘ngra akademik guruhga tegishli ma’lumotlar tahrirlanadi va Saqlash tugmasi bosiladi.
Akademik guruh ma’lumotlarini o‘chirish
Akademik guruh ma’lumotlarini o‘chirish uchun akademik guruhlar ro‘yxatidan mos guruh nomiga bosiladi va shundan so‘ng akademik guruh ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (2-rasm). Ochilgan oynadagi O’chirish tugmasini bosish orqali akademik guruh tizimdan o‘chiriladi.
Muhim!!!. Agar tizimda akademik guruh bilan bog‘langan boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lsa tizim akademik guruhni o‘chirishga ruxsat bermaydi. Bunday hollarda akademik guruhni o‘chirish uchun dastlab u bilan bog‘langan boshqa ma’lumotlarni o‘chirish tavsiya etiladi.