Xorijiy faoliyat ma’lumotlarini boshqarish
Xorijiy faoliyat olib boradigan o‘qituvchini kiritish
Xorijiy OTMda mashg‘ulot olib boradigan o‘qituvchini kiritish tizim oynasining Xodimlar / Xorijiy faoliyat menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. O‘qituvchi qo‘shish
Xorijiy OTMda mashg‘ulot olib boradigan o‘qituvchini qo‘shish uchun +Qo’shish tugmasini tanlang. Natijada o‘qituvchini qo‘shish oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). O‘qituvchining ma’lumotlarni shakllantirish oynasida quyidagi amallarni bajaring:
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang;
- Xodim maydonidan xodimni tanlang;
- Mashg‘ulot maydonidan mashg‘ulot turini tanlang;
- Mutaxassislik nomi maydoniga mutaxassislikni kiriting;
- Davlat maydonidan davlatni tanlang;
- OTM maydoniga xorijiy OTMni kiriting;
- Asos (Buyruq) maydoniga buyruqni kiriting;
- Boshlanish sanasi maydonidan boshlanish sanasini tanlang;
- Tugash sanasi maydonidan tugash sanasini tanlang.
Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa saqlash tugmasini tanlang
2-rasm. O‘qituvchi ma’lumotlarini shakllantirish
Qo‘shilgan o‘qituvchini ko‘rish tizim oynasining Xodimlar / Xorijiy faoliyat menyusi orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Xorijiy OTMda faoliyat olib boradigan o‘quvchilar ro‘yxati.
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida xorijiy OTMda faoliyat olib boradigan o‘qituvchilar yaratib chiqiladi.
Xorijiy faoliyat olib boradigan o‘qituvchini taxrirlash
O‘qituvchi ma’lumotini taxrirlash uchun xorijiy OTMda faoliyat olib boradigan o‘qituvchilar ro‘yxatidan o‘qituvchini tanlang. Natijada ekranda o‘qituvchi ma’lumotlarini taxrirlash oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). Ushbu oynadan biror bir tahrirlash amalini bajaring va Saqlash tugmasi tanlash orqali ma’lumotlarni saqlang.
Xorijiy faoliyat olib boradigan o‘qituvchini o‘chirish
O‘qituvchi ma’lumotini o‘chirish uchun xorijiy OTMda faoliyat olib boradigan o‘qituvchilar ro‘yxatidan o‘qituvchini tanlang. Natijada ekranda o‘qituvchi ma’lumotlarini taxrirlash oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). O‘qituvchini o‘chirish uchun taxrirlash oynasidan O’chirish tugmasi bosiladi.