Talabani chetlashtirish maʼlumotlarini shakllantirish.
Talabani chetlashtirish tizimning Talaba harakati/Chetlashtirish menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm). Talabani chetlashtirish uchun birinchi navbatda chetlashtirish buyrugʻi shakllantirilgan boʻlishi zarur. Talabaning quyidagi hollarda chetlashtirish mumkin:
- Oʻz xohishiga binoan
 - Oʻqishni koʻchirish sababli
 - Salomatligi tufayli
 - Oʻquv intizomi tufayli
 - Dars qoldirganligi sababli
 - Toʻlovni amalga oshirmaganligi
 - Ozodlikdan mahrum etilganligi
 - Oʻqishga kirish tartibini buzganlik
 - Vafot etganligi tufayli
 - Oʻqishni bitirganligi sababli
 

1-rasm. Talabani chetlashtirish oynasi
Talabani chetlashtirish uchun 1-rasmda keltirilgan oynadan chetlashtirishga oid parametrlarni quyidagicha shakllantiring:
- Fakultetni tanlang maydonida avtomatik tarzda joriy fakultet turadi;
 - Taʻlim turini tanlang maydonidan taʼlim turini tanlang;
 - Taʻlim shaklini tanlang maydonidan taʼlim shaklini tanlang;
 - O’quv rejani tanlang maydonidan oʻquv rejani tanlang;
 - Semestrni tanlang maydonidan semestrni tanlang;
 - Guruhni tanlang maydonidan talaba guruhini tanlang;
 - FIO maydonidan agar zurur boʻlsa talabanin F.I.Sh ni kiriting;
 
Agar maydonlarni tanlashda xatolik boʻlsa Tozalash tugmasini tanlang;
- Jarayon sababi maydonidan chetlashtirish sababini tanlang;
 - Buyruq maydonidan buyruqni tanlang.
 

2-rasm. Talabani chetlashtirish oynasi
Barcha maʼlumotlar toʻgʻri shakllantirilgan boʻlsa roʻyxatdan talabani tanlang va O’qishdan chetlashtirish tugmasini bosing. Natijada talaba oʻqishdan chetlashtiriladi va chetlashtirilganlik toʻgʻrisida maʼlumot paydo boʻladi (3-rasm).

3.6.18-rasm. Chetlashtirish toʻgʻrisidagi xabar.
Xuddi shu ketma-ketlikda chetlashtirishning boshqa turlari boʻyicha ham talabani chetlashtirish mumkin.