Diplom ballarini shaklantirish

Diplom ballarini shakllantirish tizimning Akademik arxiv / Diplom ballari menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. Diplom ballari oynasi

 Diplom ballari menyusida talabaning tizimga kiritilmagan va o‘z navbatida o‘zlashtirgan fanlarining ballari kiritiladi (masalan talaba fandan baho olgan va bu baho tizimga kiritilmagan yoki talaba o‘qishini ko‘chirib kelgan va oldingi OTMda ma’lum fanlardan baho olgan, shunga o‘xshash o‘zlashtirgan fanlarni balini kiritish mumkin).

Talabaning diplom balini kiritish uchun diplom ballari oynasidan zaruriy filtrlarni tanlash orqali diplom ballarni kiritish oynasi o‘ting (2-rasm). So‘ngra talaba fanining balini kiriting va saqlash tugmasini tanlang.

2-rasm. Diplom ballarini kiritish

Diplom bali kiritilgandan so‘ng talabaning fan bahosi va fanni o‘zlashtiriganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rish mumkin.