Semestr ma’lumotlarini boshqarish
Semestr yaratish
Semestrlar bilan ishlash asosan tizimning o‘quv reja qismida olib boriladi. Shu sababli O‘quv jarayoni/Semestrlar menyusini qisqacha ko‘rib o‘tamiz. Demak semestr qo‘shish uchun O‘quv jarayoni/Semestrlar menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Semestr qo‘shish
Semestr qo‘shish uchun +Yaratish tugmasini tanlang. Natijada semestrlar yaratish sahifasi ochiladi (2-rasm). Semestrlar yaratish sahifasidan quyidagi amallarni bajaring:
- Semestr maydonidan semestrni tanlang;
- Kurs maydonidan kursni tanlang;
- O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang;
- O‘quv reja maydonidan o‘quv reja tanlang;
- Boshlanish sanasi maydonidan boshlanish sanasini tanlang;
- Tugash sanasi maydonidan tugash sanasini tanlang;
Semestrga tegishli ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi. Natijada semestr ma’lumoti shakllanadi (2-rasm).
2-rasm. Semetr yaratish
Yaratilgan semestrni tizimning O‘quv jarayoni / Semestrlar menyusidagi semestrlar ro‘yxatida ko‘rish mumkin.(3-rasm).
3-rasm. Semestrlar ro‘yxatini
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida o‘quv rejaning semestrlarini yaratib olinadi.
Semestrni taxrirlash
Semestrni taxrirlash uchun semestrlar ro‘yxatidan biror semestrni tanlang. Natijada semestrni taxrirlash oynasi ochiladi (2-rasm). Ushbu oynadan biror bir o‘zgarishni amalga oshiring va Saqlash tugmasini bosing.
Semestrni o‘chirish
Semestr ma’lumotlarini o‘chirish uchun semestlar ro‘yxatidan semestr tanlanadi va tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasi tanlanadi (2-rasm).