Talabani semestrdan semestrga ko‘chirish.
Talabani semestrdan semestrga ko‘chirish tizimning Talaba harakati/Ko’chirish (semestr) menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm). Talabani semestrdan semestrga ko‘chirish oynasidan quyidagicha amallarni bajaring:
1) Ko’chirish (semestr) oynasining Guruhdagi talabalar qismidan o‘quv reja, o‘quv yili, semestr va guruhni tanlang. Natijada tanlangan parametr bo‘yicha talabalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Talabalar ro‘yxatidan talabani tanlang (1-rasm);
2) Ko’chirish (semestr) oynasining Ko‘chirish qismida o‘quv reja va semestr maydoni avtomatik shakllanadi. Bu maydonlarni o‘zgartirishga ruhsat etilmaydi. Faqat semestrni tanlash maydonini o‘zgartirish mumkin. Shu sababli semestr maydonini tanlang (1-rasm).
1-rasm. Ko‘chirish parametrlarini o‘rnatish
Barcha ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingach Ko’chirish tugmasini tanlang. Natijada talaba 1-semestrdan 2-semestrga ko‘chadi va oynaning ko‘chirish qismida talabaning ro‘yxati paydo bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm. Talabani semestrdan semestrga ko‘chirish
Eslatma! Xar bir semestr tugagandan so‘ng albatta talabalarni semestrdan semestrga o‘tkazish amalini bajarish talab etiladi.