Talaba yutug‘lari ma’lumotlarini boshqarish
Talaba yutug‘lari ma’lumotlarini kiritish
Talaba yutug‘ini tizimga kiritish Talabalar/Talabani yutug’i menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm)
1-rasm. Talaba yutug‘ini yaratish
Talaba yutug‘ini shakllantirish uchun +Yaratish tugmasini tanlang. Natijada talaba yutug‘ini shakllantirish oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm). Talaba yutug‘i ma’lumotlarini quyidagicha shakllantiring:
- Ta’lim turi maydonidan ta’lim turini tanlang;
- Ta’lim shakli maydonidan ta’lim shaklini tanlang;
- O‘quv reja maydonidan o‘quv rejani tanlang;
- Talaba kursi maydonidan talaba kursini tanlang;
- Talaba guruhi maydonidan guruhni tanlang;
- Talaba maydonidan talabani tanlang;
- Yutuq toifasi maydonidan yutuq toifasini tanlang;
- Yutuq turi maydonidan stipendiya turini tanlang;
- Yutuq hujjati maydonidan hujjat turini tanlang;
- Yutuq yili maydonidan yilni tanlang;
Talaba yutug‘i ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng Saqlash tugmasi bosiladi va natijada talaba yutug‘i ma’lumotlari shakllanadi (2-rasm).
2-rasm. Talaba yutug‘ini shakllantirish
Yutug‘lari shakllangan talabalar ro‘yxatini ko‘rish uchun tizimning Talabalar / Talabani yutug’i menyusini tanlang. Natijada yutug‘lari shakllantirilgan talabalar ro‘yxati ochiladi (3-rasm).
3-rasm. Yutug‘lari shakllantirilgan talabalar ro‘yxati
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida boshqa talabalarning ham yutug‘lari shakllantirib olinadi.
Talaba yutug‘lari ma’lumotlarini tahrirlash
Talaba yutug‘lari ma’lumotlarini tahrirlash uchun tizimning Talabalar / Talabani yutug’i menyusiga kiriladi. Natijada yutug‘lari shakllantirilgan talabalar ro‘yxati ochiladi (3-rasm). Ro‘yxatdan biror talaba tanlansa talaba yutug‘lari ma’lumotlarini tahrirlash oynasi ochiladi (2-rasm). Ushbu oynadan biror bir o‘zgarishni amalga oshiring va saqlang.
Talabalar yutug‘lari ma’lumotlarini o‘chirish
Talaba yutug‘lari ma’lumotlarini o‘chirish uchun yutug‘lari shakllantirilgan talabalar ro‘yxatidan biror talaba tanlanadi va tahrirlash oynasidan O’chirish tugmasini tanlanadi (2-rasm).